Mercimek çorbası-Yasmiq sho’rvasi

Yasmiq sho’rvasini birinchi marta Toshkentda bir turk restoranida tatib ko’rgandim, ustiga limon siqib ichilishi juda ajoyib tuyilgandi, lekin u paytlar qanday qilinishi bilan qiziqmagan ekanman, restorandan retsept so’rash kimni hayoliga kelibdi?  Turkiyaga kelganimda bu sho’rvani birinchi marta qaynonam o’rgatti, mercimek yani yasmiqdan qilinishini o’shanda o’rgangan edim. “Tayyorlanishi rosa onson, o’rganib olib o’zim ham qilaveraman degandim”,chuchvarani hom sanabman, birinchi safar qilganimda suvi ko’plik qildi, ikkinchi safar tagiga oldi, sho’rva qanday qilib tagiga oladi deyotgan bo’lsangiz tayyorlanish jarayonida tushuntirib o’taman. Nihoyat bir qancha tajribadan so’ng sho’rvani huddi qaynonamdaka tayyorlashni o’rgandim, tayyorlash onson ko’rinsa ham ba’zi ahamiyat berilishi kerak bo’lgan tomonlari bor.

Masalliqlar:
(4-5 kishi uchun)

• 75-100 ml kungaboqar yog’i
• 1 stakan (200 gr) yasmiq
• 1200 ml suv
• 1 osh qoshiq to’la tomat
• 1 osh qoshiq tuz

Sous uchun:
• 3-4 qoshiq sariyog’
• 1 qoshiq quruq yalpiz
• Ta’bga ko’ra yarim qoshiq quruq achchiq garmdori

Tayyorlanishi:
1. Tez pishiradigan qozonga ( eng. pressure cooker, рус. скороварка) yog’ solinadi, agar bunday qozoningiz bo’lmasa oddiy qozon* ham ishlatsa bo’ladi. Yog’ o’rta olovda qizdiriladi.
2. Yasmiq yuvilib suvi suziladi va qozonga solib yahshilab aralashtiriladi. Yog’ o’ta qizigan bo’lmasligi kerak, bo’lmasa yasmiq kuyib pishganda kuygan maza beradi.
3. Yasmiq kuymaganligiga e’tibor bergan holda tomat solib aralashtiriladi.
4. Tuz va suv solib yahshilab aralashtiramiz.
5. Tez pishiradigan qozon qopqog’ini yopib, bug’ chiqadigan teshikni ochib qo’yamiz, olovni baland qilib, bitta qaynab chiqqandan so’ng (teshikdan havo chiqishi boshlaganda) soatga qaraymiz va teshikni yopamiz, o’sha vaqtdan boshlab baland* olovda 12-15 minut davomida pishiramiz.
6. Pishib chiqqandan keyin, qopqoqni ehtiyorkorlik bilan ochamiz, sho’rvani cho’mich yoki blender yordamida aralashtirib yuboramiz.
7. Sous idishda sariyog’ni eritamiz, ustidan yalpiz va garmdorini solib ozgina qizartirib olamiz.


8. Sho’rva kosaga suzilib, ustidan sous tomchilatib quyib chiqiladi. Yonida to’rtga bo’lingan limon parraklari bilan tortiladi, sho’rvani ustidan limon suvi siqib, yahshilab aralashtirib, ishtaha bilan ichiladi :)


Ahamiyat berilishi kerak bo’lgan tomonlari: Agar tez pishiradigan qozonda qilayotgan bo’lsangiz va olov past bo’lsa yasmiq qozon tagiga cho’kib pishish jarayonida yopishib, kuyib qoladi, ustida esa aralashmagan suv turadi. Oddiy qozonda qilayotgan bo’lsangiz, ora-orada aralashtirib turishingiz kerak bo’ladi, shunda yasmiq cho’kib qolmaydi.
Bu sho’rvani Turkiyada hamma harhil usulda tayyorlaydi, men o’rgangan usul eng klasik usul hisoblanadi, bu sho’rvaga piyoz, kartoshka, sabzi solib pishirsa ham bo’ladi, pishib chiqqandan keyin blenderda aralashtirib yuborish kerak.

*Agar oddiy qozonda qiladigan bo’lsangiz, yasmiq pishib chiqqandan so’ng blenderdan o’tqazib yuborishingiz kerak, aks holda yasmiq yahshi ezilmay, sho’rvada alohida-alohida ajralib qoladi, tez pishiradigan qozonda esa yasmiq o’zi ezilib pishadi.

Like!
2
You can leave a response, or trackback from your own site.

Bu mavzuda 25 ta sharh yozilgan “Mercimek çorbası-Yasmiq sho’rvasi”

  1. Darvesh says:

    Shu corba rosa yoqadi de:). Tashakkur.

  2. Ayyubhon says:

    Tayorlanish usulining 2 qismida suvsiz deyiladigan joyda suvi deb ketibsiz. Ko’pchilikga foydali saytlar yana bittaga ko’paydi, baraka topin.

    • Husnora says:

      Rahmat.
      Yasmiq yuvilib suvi suziladi va qozonga solib yahshilab aralashtiriladi agar bu gapni nazarda tutgan bo’lsangiz, bu yerda “yasmiqni yuvib suvini to’kib tashlab, keyin qozonga solinadi” degan ma’noda yozgandim.

  3. ummu-zayd says:

    Assalomu alaykum husnora opa yasmiq nima? menga tushuntirib bersangiz iltimos ((((

    • Husnora says:

      Ummu-zayd, yasmiq ruschasi чечевица hozir Toshkentda ham sotiladi (Korzinkada), agar chet elda bo’lsangiz inglizchasi “lentil” deyiladi, supermarketda albatta topasiz.Mazasi ozgina noxot yoki moshga ham o’hshab ketadi.

  4. ummu-zayd says:

    husnora opa men o’zbekistonda, andijonda yashayman, tushuntirish uchun kattakon raxmat, hali sizdan aaaaancha narsalar o’rganishim kere, ustozim bo’lasiz Inshaalloh! Allohni panohida bo’ling opajonim

  5. Mahdiya says:

    turk chorbalarini ichida menga eng yoqqani shu men kartoshka ham qoshaman uyam yahshi chiqadi.keyin yogurtli patates chorbasiniyam bilasmi u ham juda mazali

  6. Ahmad says:

    Assalomu alaykum Husnora,
    men bugun saytingizga tosatdan kirib qoldim, va bu erda marjimak shorva haqida oqidim, aslida men bu shorvani tayyorlashni bilaman, londondaligimda turk ortogimdan organganman, lekin toshkentda bu marjimak degan narsa bormi yuqmi hozirgacha bilmayman. Togri bizda u narsa osmaydi. Mobodo siz bilmaysizmi? U narsani toshkentda qaerdan topsa boladi?
    Sizga oldindan kattakon rahmat, kelgusi ijodingizda muvaffaqiyatlar tilayman. Turklarni dasturhoni biznikidan ancha boy, shunga iloji borincha taomlarini tanishtirib borsangiz.
    Hurmat bilan Ahmad

  7. Ahmad says:

    ehhheeee, yasmiq, bu uni ismi ekanda, ha siz uje meni savolimga javob bergan ekansiz yuqorida, :)
    ha korzinkani yahshilab qarab olish kerak ekan holosda
    tashakkurlar izhor etaman :)

  8. Ahmad says:

    iyee, Husnora, men boshqacha usulda tayyorlar ekanman, sizni usul umuman boshqacha ekan.
    Siz yoki boshqa qiziquvchilar bolsa meni usulimda ham 1 tayyorlab koringlarchi, balkim yoqib qolar.
    1) 100-150ml Sariyog’,
    2) piyoz, kattasidan 5-6 dona
    3) 1 stakan (200 gr) yasmiq
    4) tuz (tabga kora)
    5) 1200 ml suv

    1) 5-6 dona kattakon piyoz archilib, kichkina kubik shaklida tograladi, kubikning hajmi qancha kichik bolsa shuncha yahshi
    2) tog’ralgan piyoz saryog(100-150ml, piyoz qovurib biladigan darajada bolishi kerak, qanchallik saryog kerakligi aniq esimda yuq) ga solib, tagini past qilib qoyib yahshilab qovuriladi, qovurganda piyoz kuyib ketmasligi uchun tegini juda past olovda qoyish kerak, va piyoz yoq bolib ketgunicha qovuriladi, piyoz saryog bilan aralashib, qandaydir quyuq narsaga aylanib ketadi, tahminan 25-30 minut qovuriladi(aniq esimda yuq, lekin piyoz yoqolib ketgunicha qoviring)
    3) 1200-1500 ml suvga 200gr yasmiq solib suvda qaynatiladi,
    qaynab boshlaganda suv yuziga kopiklar kotariladi, oshalarni olib tashlash kerak, huddi tovuq shorvani qaynatayotganda kopiklarini olib tashlagandek qilinadi,
    qaynagach tegini past qilib qoyib aralashtirib turiladi, shorva qaynab yasmiq ezilib yoq bolib ketguncha qaynatiladi.(tahminan 1-1,5 soat)
    4) qaynayotgan shorva ustiga qovurilgan piyoz solinadi va aralashtirib 10-15 minut qaynatiladi, va tabga qarab tuz solinadi.
    5) shorva dasturhonga tortiladi(ustiga limon suvi qoshilsa yanada mazali bolsa kerak, lekin men qoshib kormagan ekanman limonni:D)
    6) saryogni olayotganda tarkibiga etibor bering, tarkibida faqat tuz qoshilgan bolsa u eng yahshisi, hullas tarkibi 100% sut bolishi kerak, odatda bizga saryog chetdan keltiriladi, ozimizda uni ishlab chiqarsa qimmatga tushadi, ozimizda saryog deb chiqarib turganlari 50-60 %i osimlik yogi aralashtirilgan. Lekin qishloq sharoitida yashaydiganlar oz iylarida tayyorlashadi.
    Etiborlaringiz uchun rahmat :)

    • Husnora says:

      Salom Ahmad, saytimga kirganingiz uchun rahmat. Siz aytgan usulga o’hshash usulda ham tayyorlayman, faqatgina piyoz emas, balki sabzi kartoshka qo’shib ham tayyorlasa bo’ladi, keyin blenderdan o’tqazib yuborsa sho’rvani ichida sabzavotlar ko’rinmay lekin yaxshi maza berib turadi. O’z retseptingiz bilan baham ko’rganingiz uchun ham rahmat. Kirib turing saytga:)

  9. Ahmad says:

    Rahmat, kirib turamiz onda sonda vaqt bolganida. Sizga ham kelgusi ijodingizda omadlar tilayman :D

  10. zaytun says:

    Husnora, shu shorvaning yonida turgan turk nonimi? agar recepti bolsa, iltimos bering, shu nonni hidini hech untolmimande, hech boshqa nonlarnikiga oxshamidi,mmmmmm….

    • Husnora says:

      Bu non pide ekmek deyiladi, Turkiyada odatda ramazon oyida sotiladi.Aslida hamiri oddiy drojjali hamir, suvga qoriladi, ustidan tuxum sarig’i suriladi, o’zbek yopgan noniga juda o’hshash. Mazasini boshqachaligi balki turk pechkasida (taş fırın) pishgani uchundir, uyda duxovkada boshqacharoq chiqadi:) Sababi turk pechkasini ichi toshdan yasalgan va ichida o’tin yoqilgani uchun pechkani ichi juda issiq bo’ladi, tosh esa hamirga bir tekkisda issiqlik beradi va hamir suvini shimib oladi, non ham tezda pishib chiqadi. Uydagi duxovkalarda esa issiqlik maksimum 260C bo’ladi va temir padnos ham hamir namini torta olmaydi, shuning uchun uyda qilingan non og’irroq bo’lib chiqadi.

  11. zaytun says:

    rahmat javobingiz uchun.
    yana bir narsa korgandim turk oshxonasida “kuymak” uni sliv.maslo,misir uni, sir(pishlok) bor manimcha. shu receptni bilsangiz, qoying saytingizga, iltimos.

    • Husnora says:

      Kuymak yokı mıhlama ham deyishadi, Turkiyaning shimoliy qismi Karadeniz tarafida tayyorlangani uchun men to’g'risi hech ham yeb ko’rmaganman, lekin birkun tayyorlab ko’rish hohishim yo’q emas. Retseptda mahsus eriydigan pishloq (nomi İmansız peynir )ishlatiladi, lekin bu pishloqni men turgan shaharda topish qiyin, balki kaşar peyniridan qilib ko’raman. Natijani albatta siz uchun shu yerda qo’yaman.

  12. Gulshoda says:

    Salom Husnora! Biznikiga bir mehmon tashrif buyurmoqchi. U mehmonni turk shurvalarini sevib tanavvul qilishini eshitib qoldim, shunga yana qanaqa shurvalari bor deb suramoqchi edim. No’hotni maydalab qandaydir shurva tayyorlaydi ekan, shuni nomi nima`? Oldindan rahmat!

    • Husnora says:

      Salom Gulshoda, eng ko’p tayyorlanadigan sho’rvalar mercimek-chechevichniy sup, ezogelin çorbası-bu ham chechevisa va bulgurdan qilinadi mercimekka juda o’hshash, tarhana çorbası-bu sho’rva yoz oylarida tayyorlab keyin qishda pishirib yeyiladi, siz uni qilolmaysiz, faqat tayyor sotib o’lishingiz mumkin. No’hotli sho’rva ham bor lekin u Turkiyani ma’lum bir shaharida tayyorlangani uchun unchalik ko’pchilik bilmaydi. Nohotli ovqat bor, uni quyuqroq qilib pishirish kerak, guruch bilan birga tortiladi. Mana bu ovqatga o’hshash, http://lazzatlar-dunyosi.com/2012/01/kuru-fasulye/ retsept birhil faqat fasol o’rniga nohot solinadi.
      Mercimek çorba qilsez yutqizmaysiz, chunki Turkiyani harhil shaharlarida harhil sho’rva bo’lishi mumkin va hamma ham boshqa shahardaki ovqatlarni yoqtirmasligi mumkin.:)

  13. Gulshoda says:

    Salom Husnora! Javob uchun minnatdorman! Mehmonimiz shu erda katta bo’lib o’sgan turk yigiti. Bir uzbek dugonamga uylanmoqchi. Shunga biznikiga, sovchidek qadam bosmoqchi edi. Yahshi kutib olish ilinjida tayyorgarlik ko’rayotgan edim :)
    Rahmat!

    • Husnora says:

      Keyin bo’lasharsiz rasmlar bilan:)
      Man odatda mana bunaqa menyu qilaman, birinchisiga mercimek çorba, ikkinchisiga o’zbek oshi, pomidor bodring va ko’katli salat, ko’p vaqtim bO’lsa somsa (bolmasam yo’q:) bitta zaytunyog’li go’shtsiz ovqat, desert choy bilan va ohirida (mehmonlar qolsa) meva:)

  14. Hojiya says:

    mashaAlloh man shu suppi qidirib yurudim bir qib koraman inshaAlloh

  15. adminka says:

    yalpiz nima?

Sharh: