Mercimek köftesi-Yasmiq kotletasi

Turkiyada yasmiq (ruschasi чечевица) kotletasi sovuq holda ovqat bilan birga yoki ishtaha ochuvchi salat yoki gazak sifatida iste’mol qilinadi. Odatda yasmiq kotletasini kafe va restoranlarda kam uchratish mumkin, ko’proq uyda tayyorlanib, ayniqsa tushlik va kechki ovqat orasida mehmon kutadigan bo’lsangiz somsa, börek va shirinliklar yonida ishtaha ochuvchi sifatida dasturhonga tortsangiz bo’ladi. Men, birinchi marta qo’shnim mehmonga chaqirganda yeb ko’rgandim. Turkiyada uy bekalari tushlik va kechki ovqat vaqti orasida qo’shni dugonalarni chaqirib yig’ilish uyushtirib turishadi, bu yig’ilishlar tez-tez uyushtirilib turganidan Beş çayı degan nom olgan. Beş çayı (besh choyi) ya’ni  soat beshdaki yig’ilishda odatda choy bilan birga shirinliklar, yasmiq kotletasi, kısır, börek kabi salat va pishiriqlar beriladi. Qo’shni dugonalar ba’zan o’zlari pishirgan pishiqlarni ham olib kelishadi. Yig’ilishda kundalik voqealar(g’iybatlar:)), yangi pishiriq retseptlari (men ham bu retseptni qo’shnimdan olgan edim), tikish, to’qish haqida suhbatlar olib boriladi. Vaqtdan unumli foydalangan holda odatda bu suhbatlarni, qo’lda ip va sih (спица) yoki tig’ (крючок) bilan to’qib turib avtomatik ravishda (adashmasdan) davom ettirishadi :)

Yasmiq kotletasini tayyorlash juda onson, faqatgina belgilangan miqdorga ahamiyat berishingiz kerak.

Kerakli masalliqlar:

4 kishililk
2 stakan qizil yasmiq
1 stakan mayda bulgur*
1 bosh piyoz
Yarim bosh salat barglari
Yarim bog’ ko’k piyoz
Yarim bog’ petrushka va/yoki ukrop
Yarim stakan yog’
2 osh qoshiq tomat pastasi
1 ta limon
1 choy qoshiq tuz

Yarim choy qoshiq murch va yanchilgan zira, ta’bga ko’ra

Tayyorlanishi.

1. Yasmiqni qozonga solib, 4 stakan suv qo’shib, suvni shimib olguncha yani yasmiq ishib chiqquncha pishiramiz (juda ham qurib ketmasin ozgina suvi qolishi kerak), gazdan olamiz va ustiga  bulgur  solib qoshiq bilan aralashtirib, qozon qopqog’ini yopib qo’yamiz. Sovushini kutamiz. Shunda bulgur yasmiqdaki bor suvni shimib oladi.
2. Tovaga yog solib mayda to’g’ralgan 1 bosh piyoz va tomatni qovurib olamiz. Bu qovurmani sovugan yasmiq bilan yahshilab qo’lda hamir qorganday qoramiz.
3. Ko’k piyoz, ukrop va petrushkani mayda to’g’rab, tuz qo’shib yasmiq bilan aralashtiramiz. Qo’lda oval shakl berib (tuxumdan uzunroq) kotleta yasaymiz va likobga terilgan salat barglarining ustidan terib chiqamiz.
Tayyor bo’lgan kotletalarni salat bargiga o’rab, ustiga limon suvi siqib iste’mol qilamiz.
Yoqimli ishtaha.

*Bulgur yanchilgan bug’doy degani, yasmiq uchun eng mayda bulgur olinadi, odatda turk do’konlarida köftelik bulgur, ince bulgur deb sotiladi.

Like!
6
You can leave a response, or trackback from your own site.

Bu mavzuda 13 ta sharh yozilgan “Mercimek köftesi-Yasmiq kotletasi”

  1. Behzod says:

    Saytingiz juda yaxshi chiqibdi, tabriklayman. Oshxona.uz bilan solishtirib ko’rdim. Chustiy janoblarining malakalarini va ishlarini yomon demagan holda, sizning saytingizning ularnikidan afzal tomonlarini ko’rdim:

    Birinchidan, saytingiz uchun tanlangan dizayn-shablon juda yaxshi.
    Ikkinchidan, o’zbek tilida ravon yozar ekansiz.
    Uchinchidan, fotografiya bo’yicha mahoratingiz sifatli suratlar qo’yishda juda qo’l kelmoqda.

    Bitta kichkina taklif: Bir sahifada ko’rinadigan postlar sonini 5-6 ta qilib qo’ysangiz. Har ikki postdan keyin qolganlarini ko’rish uchun keyingi sahifa o’tish hammaga ham yoqmaydi.

    • Husnora says:

      Behzod, katta rahmat.
      Sayt ko’rinishi yoqqanidan hursandman.
      O’zbek tilini Turkiyada esdan chiqarmaslik uchun qo’ldan kelgancha yozishga harakat qilaman, hatolar bo’lsa hozirdan uzr.
      Taklifingizni o’ylab ko’raman.
      Tashrifingiz va izoh berib o’tganingiz uchun rahmat.

  2. Farida says:

    Retsept uchun katta rahmat! Ajoyib pazanda ekansiz! Aynan shu taomni pishirib ko’rgim keldi :)

  3. zaxro says:

    raxmat ishtaxali saxifa ekan

  4. Mahdiya says:

    men ham turkiyadaman bu kofteni tez tez qilib turaman men quritilgan qizil qalampir ham qoshaman boshida farzandlarim yoqtirishmagandi lekin hozir hamamiz sevib istemol qilyapmiz.Bu saytni ochganiz uchun kotta rahmat sir bolmasa turkiyani qayeridasiz?

    • Husnora says:

      Salom Mahdiya, bu kotletaga harhil ziravorlar qo’shsa zarar qilmaydi, qizil qalampir bollaringizga achchiqlik qilmasa bo’ldi:)
      Man İzmirda yashayman, qisqa ma’lumot bu yerda yozib o’tganman http://lazzatlar-dunyosi.com/muallif/, sayt hali texnik jihatdan to’liq tugatilmagani uchun saytda harakat qilish hozircha sal qiyinroq, yaxshi web dizayner topsam to’g'irlab qo’yamiz:)

  5. Mahdiya says:

    siz bilan tnishganimdan judayam hursandman boshqa davlatda bula turib ozizi yurtdoshiz bilan gaplashish judayam ajoyib narsa men istanbuldaman yaqinro bolganimizda bordi keldi qilib turardik istanbulga yolila tushsa albatta sizzi mehmon qilaman inshaAlloh

    • Husnora says:

      Mahdiya, man ham tanishganimdan hursandman, taklif qilganingiz uchun rahmat, siz ham keling İzmirga:)

  6. ummfatima says:

    judayam zor, rossa yaxshi koraman shu marcimak cafteni, shu uzbekistanda ham bormi marcimak? hech kormaganman…

    • Husnora says:

      Oldin turk supermarketlarida bo’lardi TOshkentda, hozir korzinka degan magazinda bor deb eshitdim.

  7. dilya says:

    opajon man hozir juda uzokda okishdaman buyerda koprok kilmokchidim iltimos shirinliklardan koprok kirgizsangiz juda yodi saytingiz alloh yengillik bersin

  8. shohista says:

    mahdiya!meni qizim ham istanbulda
    kuyovim turkiyalik
    1ta nevaram bor hohlasangiz dostlashing maltepada turishadi

Sharh: