Şekerpare-Shakarpora shirinligi

Shakarpora shirinligi haqida yozishdan oldin turk shirinliklar haqida qisqa ma’lumot berib o’tmoqchiman. Turk oshxonasida shirinliklar uchun juda muhim ahamiyat berilib, kelib chiqish tarihi Usmonli podishohliginin qurilish davriga qadar taqaladi. Odatda ovqatdan so’ng suv, choy yoki kahva bilan tortiladi. Turk shirinliklari ishlatilish mahsulotlariga qarab hamirdan, sutdan, meyvalardan va meyva suvlaridan tayyorlanadigan shirinliklarga bo’linadi. Hamirdan qilinadigan shirinliklar odatda shakar sharbati bilan to’ydiriladi, shu sababli o’ta shirin shirinliklar hisoblanadi. Sutdan tayyorlanadigan shirinliklarga esa nisbatan kam shakar solingani uchun yengil shirinliklar hisoblanadi. Meyvadan tayyorlanadigan shirinliklar yengil tuyulsa ham shakar sharbati bilan to’ydirilgani bois parhez qilayotganlar diqqat bilan yeyishlari kerak.

Shakarpora shirinligi ham hamirdan tayyorlanib, shakar sharbati bilan to’ydiriladi. Ismi jismiga mos Shakarpora shirinligi juda shirin, hamiri og’izda eriydigan, ustidaki funduk yong’og’i esa o’zgacha ta’m beruvchi shirinlik hisoblanadi. Agar funduk yong’og’i topa olmasangiz oddiy yong’oq, maydalangan yoki butun handon pista bilan ham bezatishingiz mumkin.

Kerakli masalliqlar:

Hamir:

  • 250 gr margarin, hona issiqligida
  • 1 stakan shakar upasi
  • 4 osh qoshiq yorma (ruscha манная крупа)
  • 2 ta tuhum
  • 4 stakan un
  • 1 paket vanilin yoki vanil ekstrakti
  • 1 paket hamir oshiruvchi modda(ruscha разрыхлитель теста)

Shakar sharbati:

  • 3 stakan shakar
  • 4 stakan suv
  • Yarim limon suvi

Bezash uchun:

  • 50 gr funduk yong’og’i

Tayyorlanishi:

1. Margarin va shakar upasini mikserda aralashtiramiz. Shakar erigandan so’ng tuhum solib aralashtiramiz. 1 paket vanilin yoki vanil ekstrakti va yormani solib qoshiqda aralashtiramiz.

2. Alohida idishda un va hamir oshiruvchi moddani yahshilab aralashtiramiz va yuqoridaki aralashmaga kam-kamdan solib aralashtiramiz. Yumshoq, qo’lga yopishmaydigan hamir hosil bo’ladi.

3. Hamirdan yong’oqdan kattaroq zuvalalar uzib rasmda ko’rsatilgani kabi shakllar berib duxovka idishiga terib chiqamiz. Terayotganda hamir oralarida 1 sm joy qoldiring, chunki pishish mobaynida ishishi va ozgina yoyilishi mumkin.

4. Oldindan isitilgan duxovkada 160 darajada 25 minut davomida pishiring. Aytib o’tish kerakki hammani duhovkasi harhil bo’lishi mumkin shuning uchun ora orada duhovkangizni tekshirib turing, agar vaqt kamlik qilsa shakarporalar och jigarrang tusga kirguncha pishiring.

5. Shakarporalar pishguncha sharbat tayyorlaymiz. Qozonga suv va shakar solib 5 minut qaynatamiz, qaynab chiqgach yarim limon suvini siqib yana 1 minut qaynatamiz. Gazdan olib sovushini kutamiz.

6. Shakarporalar pishib chiqqanda 3 minut sovushini kutib ustidan asta sekinlik bilan iligan sharbatni quyamiz. Shunga ahamiyat berishingiz kerakki shakarporalar hali ham issiq lekin sharbat iliq bo’lishi kerak, aks holda kerakli natijaga erisholmasligingiz mumkin. Shirinligimiz sharbatga yaxshi to’yishi uchun 3-4 soat tindirib qo’yamiz.

Izoh: Uyda ikki kishi bo’lgani uchun yuqoridaki retsept yarim o’lcho’vga ko’ra tayyorlandi.

Retsept www.portakalagaci.com saytidan olindi.

Like!
14
You can leave a response, or trackback from your own site.

Bu mavzuda 8 ta sharh yozilgan “Şekerpare-Shakarpora shirinligi”

  1. Nigora says:

    Juda ajoyib sayt bo’libdi,petseplar bilan tez-tez o’rtoqlashib turing,ishlaringizga omad.

  2. Mahdiya says:

    judayam ajoyib bugun albatta tayyorliman sizga bitta savolim bor edi agar-agar turkiyada nima nom bilan sotiladi bilsangiz albatta yozib yuborin iltimos men marketlani rosa qaradim bu yerdagi nomini bilmaganim uchun topomadim iltimooooos

    • Husnora says:

      Agar agar nomi o’zgarmasa kerak, mani ham hech ko’zimga tushmadi, manda ham jelatin muammosi bor, hali halol jelatin topa olmadim, Dr Oeutkerni jel degan narsani bor lekin harhil aromatli bo’ladi, oddiy aromatsizi yo’q, topsam albatta yozaman.

  3. Mahdiya says:

    savolimga befarq qolmaganiz uchun rahmat.Kutib qolaman

  4. Malika says:

    Assalamu alaykum Husnora!Yaxshimisiz?Menga sayt juda yoqdi baraka toping.Sizdan yangi reseptlar kutamiz.Sizdan so’ramoqchi edim.Pishloq qilishni bilasizmi?Menga judayam zarur edi bilsangiz o’rgatib yuboring iltimos.Men o’zga yurtda yashayman va buyerda xalol pishloq topolmadim.Yordamingiz uchun oldindan rahmat

Sharh:

viagra for young men how does it work 28. viagra side effects blood urine Home remedy for wart removal 1:06 min. , 2011 pfizer inc. Com tech id:5358805-nsi tech name:network solutions, llc. A. http://creativedefault.com/dry-362734/ , 2011 pfizer inc. mickclarke.co.uk/zxl-362977/ Although studies indicate that between 40 - 58% of women become pregnant after myomectomy, only about a quarter of the women carry their babies to term. memake.co.uk/flo-364430/ A. red viagra price pakistan http://sefikakkoc.com/blackquilted/hru.php?clt=361243 What kind of procedures may be done to find out if you have fibroids? Your health care provider can do an imaging examination to produce a picture to confirm that you have fibroids. 02. In most cases, the infarcted fibroid is expelled spontaneously (fig. http://undertherug.ca/assets/images/autogen/passt.php?wfr=362139 http://kaliscompanies.com/mmh-360746/ Pedunculated polyps are more common than sessile polyps. Consider the 24 hour cleanse in linda page's bestselling book, healthy healing 12th edition: a guide to self-healing for everyone. http://discomovillokura.com/pty-364340/