Roka salatası-Rukkola salati

Yoz oylarida eng yoqtirgan salatlarimdan biri Roka salatası. Roka, (рус. руккола, eng. rocket) bargi o’ziga hos achchiq ta’mga ega bo’lgani uchun birinchi marta yeb ko’rgan odamga yoqmasligi mumkin, lekin limonli va zaytunyog’li sous bilan aralashtirib yeganda achchiq mazasi deyarli bilinmaydi, ayniqsa baliq bilan birga yeganda baliq mazasini “bosadi” va ishtaha ochuvchi salat hisoblanadi. Turkiyada odatda roka bargidan salat tayyorlanadi, ba’zan baliq yonida garnir sifatida beriladi.Yevropa va boshqa davlatlarda garnir sifatida hamda ovqatga solib ham ishlatiladi. Italiyada pizzaga ham qo’shishar ekan.Roka salatini hohlagan sabzavotlar bilan tayyorlashingiz mumkin, lekin men ko’p miqdorda yahshi pishgan pomidor qo’shib tayyorlashni yoqtiraman. Men bu salatga pomidor po’chog’ini artib solaman, agar pomidorlaringiz mayda bo’lsa, masalan cherry pomidor ishlatsangiz po’chog’ini artmasdan ikiga bo’lib solsangiz ham bo’ladi. Sousiga esa limon suvi, zaytun yog’i va nar ekşisi (o’zbek. anor suvi, eng. Pomegranate sour/souce) aralashtirib solaman..Nar ekşisi anor suvidan tayyorlanib, suvi quriguncha qaynatiladi. Anorda shakar miqdori ko’p bo’lgani uchun qaynash davomida shakar karamellashadi va quyuq sous hosil bo’ladi. Mazasi shirin va nordon bo’lib salatlarda va go’sht tayyorlashda ishlatiladi.Turk do’konlarida sous va sirka bo’limida sotiladi.

Kerakli masalliqlar:

  • (2-3 kishi uchun)
  • 1 bog’ roka
  • 3 ta o’rtacha pomidor yoki 1 ta Yusupov pomidori
  • 1-2 ta ko’k piyoz
  • yarim bog’dan kam shivit (ukrop)
  • yarimta limon
  • 2-3 osh qoshiq zaytun yog’i
  • 1 osh qoshiq nar ekşisi
  • yarim osh qoshiq tuz

 

Tayyorlanishi:

1. Roka barglarini yaxshilab yuvib sochiq yordamida yoki sabzavot quritadigan idishda quritib olamiz (ortiqcha suv salat mazasini buzadi). Yirik-yirik to’g'rab yoki qo’lda uzib/parchalab salat idishimizga joylashtiramiz.

2. Pomidor po’chog’ini artib, 1-2cm kubik shaklda to’g'rab, roka ustiga joylashtiramiz. Piyoz va ukropni mayda to’g'rab ustidan sepib chiqamiz.

3. Yarim limon suvini siqib, zaytun yog’i bilan aralashtiramiz.

Tayyor sousimizni salatga qo’shib, ustidan doira shaklda anor suvini quyib chiqamiz.

 

 

 

 

 

 

 

4. Tanovvul qilishdan oldin tuz sepib aralashtiramiz, aks holda oldinroq tuz solsangiz, pomidor suvi chiqib ketadi.

Like!
1
You can leave a response, or trackback from your own site.

Bu mavzuda 2 ta sharh yozilgan “Roka salatası-Rukkola salati”

  1. ummfatima says:

    yaxshi salad, rahmat

  2. Наргиза says:

    Обожаю руколу очень полезная вещь

Sharh: