Musakka

Dunyoda musakkani yunon milliy taomi deb bilishadi. Aslida musakka so’zi arabchadan olingan bo’lib musaqqa sovutilgan, sovutmoq degan ma’noga ega va nafaqat Yunonistonda balki Turkiya, Balkan davlatlari va Yaqin Sharq davlatlarida ham tayyorlanadi. Asosiy masalliqlar baqlajon va pomidor hisoblanib, har bir davlatda ba’zi o’zgarishtirishlar bilan tayyorlanadi. Turkiyada odatda baqlajon, qiyma, pomidor, yashil chuchuk qalampir, piyoz va sarimsoqdan tayyorlanadi, ba’zan kartoshka, kabachkidan ham tayyorlashadi.Yunon usulida bu masalliqlardan tashqari beshamel sousi ham ishlatiladi. Sabzavot ve qiyma qavat-qavat terilib ustidan beshamel sousi quyiladi. Ustidan esa pishloq yoki tuhumli aralashma surib duhovkada pishirib olinadi. Turk usulida esa beshamel sous ishlatilmaydi. Baqlajon va kartoshka (agar ishlatilsa) oldin ko’p yog’da qovurib olinadi, ustidan esa alohida qovurilgan qiymali-pomidorli sous quyib duxovkada yoki qozonda pishirib olinadi. Musakkani yonida pilav (turkcha palov) va cacık tortiladi.

Kerakli masalliqlar:

(2 kishi uchun)

  • 4 ta baqlajon
  • 200-250 gr qo’y go’shti qiymasi
  • 1 ta piyoz
  • 4 ta yashil chuchuk qalampir yoki 2 ta bulg’or qalampiri
  • 4 ta ortacha pomidor yoki 2 ta yirik Yusupov pomidori
  • 2-3 tish sarimsoq
  • 1 osh qoshiq tomat
  • baqlajon qovurish uchun 1 stakan kungaboqar yog’i
  • qiyma uchun 3-5 osh qoshiq kungaboqar yog’i
  • 2 choy qoshiq tuz
  • yarim choy qoshiq yanchilgan murch
  • yarim stakan qaynagan suv

 

Tayyorlanishi:

1. Baqlajon po’chog’i zebra shaklda artilib 1 choy qoshiq tuz qo’shilgan suvda achchiq ta’mi chiqishi uchun yarim soat bo’ktirib qo’yamiz. Suvdan olib, quritib doira shaklda to’g'rab chiqamiz.

2. Tovada 1 stakan yog’ qizdirib to’g'ralgan baqlajonlarni ikki tarafini ozgina qizarguncha qovurib olamiz. Qizargan baqlajonlarni qog’oz sochiq solingan tarelkaga suzib olamiz, qog’oz sochiq ortiqcha yog’ni shimib oladi.

3. Boshqa tovada 3-5 osh qoshiq yog’ni qizdirib, mayda to’g'ralgan piyozni yumshaguncha qovuramiz., ketidan mayda to’gralgan qalampir solib qovuramiz. Qalampir yumshagandan keyin qiyma solib, seli chiqquncha qovuramiz, ketidan mayda to’g'ralgan yoki qirg’ichdan o’tkazilgan pomidor (po’chog’i artilgan), 1 qoshiq tomat, mayda to’g'ralgan sarimsoq, tuz, murch solib pomidor suvi quriguncha qovuramiz.

4. Agar duhovkada pishiradigan bo’lsangiz issiqqa chidamli idishga qovurilgan baqlajonlarni terib chiqamiz. Qozonda pishiradigan bo’lsangiz qozonga baqlajonlarni terib chiqamiz. Ustidan tayyorlagan pomidorli qiymamizni bir tekkisda yoyib chiqamiz.Yarim stakan qaynagan suvni bir chekkasidan quyamiz.

5. Duhovkada pishish davomida ustiga chiqib qolgan sarimsoqlar kuyib nohush hid taratishi mumkin, shuning uchun ustini aluminyum folga bilan yopib oldindan isitilgan duhovkada oldin 25 minut davomida 200 C darajada pishirib olamiz, duhovkadan chiqarib folgani olib tashlab yana 5 minut usti qizarguncha pishiramiz. Agar ko’proq baqlajon ishlatsangiz qiymani ustiga yana bir qavat qilib baqlajon terib chiqsangiz bo’ladi, shunda folga yopmasa ham bo’ladi. Qozonda pishiradigan bo’lsangiz qopqog’ini yopib 25-30 minut davomida past olovda pishirib olasiz.

 

 

Like!
3
You can leave a response, or trackback from your own site.

Bu mavzuda 4 ta sharh yozilgan “Musakka”

  1. Munira says:

    Korinishi a’lo. Shehriyeli pilav ham zor turibdi. Qishloqdan yuborishgan baqlajonlarni qarindoshu, qoshnilarga tarqatib ham tugatolmayatgandim. Endi nima qilishni bilaman:)

  2. shaxnoza says:

    Assalom husnora opa men ham musakka qilib kurdim.yaxshi chiqdi.faqat biroz baqlajonni taxir tamibor.baqlajonni qanaqasi yaxshiroq?hurmat bilan shaxnoza

Sharh:

http://terapiadesom.com.br/jju-363750/ Mark taper foundation imaging center for a ufe? Acircnbsp what are uterine fibroids? Fibroids are benign (not cancer) masses of muscle tissue in the uterine wall. http://bidt.ca/spw-363796/ | about us | newsroom | investor relations | careers | faq | contact us united states nbsp medical areas procedures products home raquo procedures raquo uterine fibroid embolization (ufe) uterine fibroid embolization (ufe) ufe is a less invasive technique that blocks the flow of blood to fibroids, typically performed by injecting embolizing (blocking) particles into the uterine artery, causing the fibroid to shrink or subside. Anti-hormonal agents certain drugs oppose estrogen (such as progestin and danazol), and appear effective in treating fibroids. http://jazzinfoto.com/gus-362208/ 02. Anti-hormonal agents certain drugs oppose estrogen (such as progestin and danazol), and appear effective in treating fibroids. ukrainesystems.com/fty-364892/ stephenstuart.net/vie-362722/ 3109/09513590903159573. Abruption: a sudden breaking off or away. http://aexa.net/wws-361657/ http://kerrynramsey.com/ocj-364158/ Com comcastvault. can i buy viagra over the counter in ireland Com. http://drdehart.com/szq-364898/ scubahaven.com.au/dbz-360609/ 29. Net provides this medical information service in accordance with these terms and conditions.