Oshirma hamirdan parmuda somsa

 

Bu somsalar biz bilgan parmuda somsadan kichikroq qilinadi ve yeyishga juda qulay. Qiymasiga go’sht, pishgan kartoshka, pishloq va boshqa oldindan pishirilgan sabzavotlarni solsangiz bo’ladi.

Kerakli masalliqlar:

  • 2 stakan sut
  • 1 osh qoshiq quruq drojji
  • 1 choy qoshiq shakar
  • yarim stakan kungaboqar yog’i
  • 1 choy qoshiq tuz
  • 5-6 stakan un

Qiymasiga:

  • 200 gr qiyma (yog’li qo’y go’shti ayni muddao)
  • 1-2 ta piyoz
  • 1 choy qoshiq tuz
  • Ta’bga ko’ra murch, zira

Bezash uchun:

  • 1 ta tuhum sarig’i
  • sedana

 

Tayyorlanishi:

  1. Sutni ilitib (qo’l kuydirmaydigan darajada) shakar va drojji bilan aralashtirib, 15-20 minut ko’pirishi uchun bir chekkaga qo’yib qo’yamiz.
  2. Xamir qorish uchun mo’ljallagan (katta) idishga un solib, o’rtasini hovuz qilib ochamiz. O’rtasiga drojjili sut, tuz, yog’ solib, bir chekkadan un qo’shib, aralashtirib yumshoq hamir qoramiz.
  3. Qo’lingizga hamir yopishsa yog surib, qo’lingizdaki va idishga yopishgan xamirni tozalasangiz bo’ladi. Xamirga dumaloq shakl berib, idish ustidan tsellofan paket bilan o’rab va uni ustidan sochiq o’rab, 40-60 minut hamir oshishini kutamiz.
  4. Xamir oshguncha qiyma tayyorlaymiz. Piyozni mayda qilib to’g'rab qiyma, tuz va ziravorlar bilan aralashtirib bir chekkaga qo’yib turamiz. Qiymani juda ko’p ishlab yubormang, aks holda kotletaday qattiq bo’lib chiqasi.
  5. Oshgan hamirdan tuhumday zuvalalar uzib, qo’lda yassi shakl berib, ichiga qiyma solib tuhumday uzunchoq yoki dumaloq shakl berib yopamiz. Huddi shu ravishda xamirdan zuvalalar uzib bir qancha somsa yasaymiz. Ikkita yoki to’rtta somsani bir-biriga yopishtirib, podnosga terib chiqamiz. Podnosga terilgan somsalar yana oshishi uchun 10 minutga yana tindirib qo’yamiz. Oshgan somsalarni ustidan tuhum sarig’i va sedana sepib 160-180C darajada duhovkada pishirib olamiz.

Like!
16
You can leave a response, or trackback from your own site.

Bu mavzuda 20 ta sharh yozilgan “Oshirma hamirdan parmuda somsa”

  1. Munira says:

    Somsamisan somsa bopti o’ziyam, isi bizgacha kelganday bo’ldi. Biroq, hozirgi (chemodanniy) sharoitimizda, qila olmasligim qiyin bo’lyapti.

  2. Zaynab says:

    Assalamu alaykum! Husnora,saytingizni Alloh muborak qilsin. Parmuda somsa retsepti uchun katta rahmat.Somsa manga va oilamizdagilarga juda yoqdi.Alloh boshlagan ishingizni davomli va manfaatli qilsin.

    • Husnora says:

      Zaynab, saytimga tashrif buyurganingiz uchun rahmat, retsept ham yoqqanidan hursandman.

  3. Kamola says:

    Husnora, sizga katta rahmat. bu somsaning retseptini anchaq qidirdim va ohiri topdim. Bu saytingiz orqali manga katta yordam berdingiz :)

  4. Kamola says:

    Salom, Husnora! manga yordam berolmaysizmi, somsa duxovkada qattiq bo’lib qolmasligi uchun nima qilsa bo’ladi. Manda duxovkaning yuqori qismi qizitmidi.

    • Husnora says:

      Kamola, somsa qattiq bo’lib qolganligini sababi manimcha hamir yaxshi oshmaganligi mumkin, yoki qizib turgan duhovkaga tiqmagan bo’lishingiz mumkin.

  5. Nodira says:

    xudo xoxlasa albatta pishirib ko’raman.Raxmat

  6. Shahnoza says:

    Salom Husnora saytizga birinchi marta kirishim man ham Turkiya İstanbulda yashayman uyda uzimizani nonni qimoqchi edim Uzbek nonini agar non retseptini yozsez hursand bulaman! Turkla uzbek somsani juda yahshi kurishadi bu retseptni ham sinab kuramiz! ELLERİNE SAĞLIK! turkcha etganda rahmat:)

    • Husnora says:

      Salom Shahnoza, saytimga kirganingizdan hursandman. Non uyda Toshkentda duxovkada qilardik, tandirda qilingandan albatta boshqacharoq chiqardi, lekin baribir birkun non qilsam yozib qo’yaman shu yerga. Somsa rostdan ham turklarga yoqadi shuning uchun turkcha bo’limga somsani retseptini yozib qo’ydim, turk o’rtoqlaringizga retsept kerak bo’lsa ko’rsatishingiz mumkin http://lazzatlar-dunyosi.com/tr/2012/01/somsa/#more-1018

  7. Shahnoza says:

    Rahmat

  8. Bella says:

    Salom. Menga yozish uslubiz va fikrlariz judayam yoqdi!

  9. Bella says:

    Somsa ham ishtaxani ochvoradigan ko’rinishda ekan! Pazandaligiz shundoq bilinib turibdi. Menga taomlar b.n birga ularning tarixi va qayerda qanday usulda tayyorlanishi haqida ma’lumot berganiz yoqdi. To’g'risi bir film esimga tushib ketdi ex, nomi esimga kemayapdi-da. Shaxsiy savol bersam maylimi? Istamasangiz javob bermang. Siz Turkiyada yashaysiz uy bekasi bo’lganingiz uchun bu saytni ochdingizmi yoki hobbi sifatidami? Bu albatta judayam yaxshi. Men shunchaki nima turtki bo’lganiga qiziqyapman.

  10. Bella says:

    Salom Husnora opa! Siz haqizda o’qidim mendan katta ekansiz. Farg’onalik Gulnoza degan dugonamga judayam o’xsharkansiz. Turkiyada ko’pdan beri yashaysiz shekill turk madaniyatidan anchagina habariz borga o’xshaydi.

  11. Bella says:

    Salom Husnora opa! Siz haqizda o’qidim mendan katta ekansiz. Farg’onalik Gulnoza degan dugonamga judayam o’xsharkansiz. Turkiyada ko’pdan beri yashaysiz shekill turk madaniyatidan anchagina habariz borga o’xshaydi. Sizni boshqa saytladayam uchratdim. Nega o’sha retseptlaniyam bu blogga joylamagansiz rasmlariz b.n yaxshiroq tushungan bo’lardik.

    • Husnora says:

      Bella, aynan qaysi saytlarda ko’rdingiz, men boshqa saytlarda uncha ko’p yozmayman. Facebookda Lazzatlar dunyosi degan gruppam bor, balki u yerda ko’rgandirsiz?

  12. Bella says:

    “Ayol.uz” dagi Husnora va “choyxona.com” dagi Sirena siz bo’lsangiz kerak manimcha. (ayniqsa Sirena sizga juda o’xsharkan) Choyxona.com da retseptlariz va yaxshi maslahatlariz borakan shulani nazarda tutgandim.

  13. Zebiniso says:

    men wakl beriwga berdim, faqat negadr pasti samsani qotip 4iqdi

  14. Zebiniso says:

    xa timyanni va peresni nimaligini bilmiman attorlarda sotiladimi, qayerdan topsa bo’ladi

Sharh:

cheap viagra 10mg Patients usually will follow up with their gynecologist about two weeks following the procedure. About six to eight hours of bed rest is typical after the procedure. bestyellow.com/qzk-362882/ reformasproydecor.es/wp-admin/css/colors/assembl.php?juh=360899 D. acu-pad.co.uk/anuty/recipientes.php?trm=363809 Mri guidance of focused ultrasound therapy of uterine fibroid: early results. Surgical investigation of new absorbable sponge derived from gelatin for use in hemostasis. at-tendance.com/tez-362019/ asesoriajimenez.net/tnp-364000/ 1. 4 key takeaway 35 5 uterine fibroids therapeutics: pipeline assessment 36 5. I found out i had uterine fibroids hellip continue reading rarr larr more stories patient stories erin’s choice – focused ultrasound jodi’s choices – myomectomy and ufe samacirceurotrades choice – myomectomy shirley’s choice – focused ultrasound stephanie’s choice – focused ultrasound titilayo's choice wendy's choice – focused ultrasound debra's choice – focused ultrasound frances’ choice – focused ultrasound mai's choice – focused ultrasound colin’s choice – robotic myomectomy angela's choice – focused ultrasound treatment centers treatment centers for focused ultrasound can be found all over the world. jokes taking viagra According to us studies, fibroids occur up to nine times more often in black women than in white women, and tend to appear earlier*. Org uterine-fibroidseboox. wopc.com.au/llv-362746/ “larger particles were used to stop the flow of blood. aitt.vic.edu.au/AITT/Administration/css/neurontin.php?mfy=360724 http://wobe.com.mx/yeq-362474/ Overview of treatment of uterine leiomyomas. But more studies are needed to find out if it works over time.