Karides güveç-Sopol idishda krevetki

Krevetki o’zbek oshxonasiga yod bo’lgani uchun o’zbekchaga ham tarjima qilinmagan shekilli. Turk lug’atida (TDK) qisqichbaqaning bir turi deb yozilgan ekan. Noto’g'ri yo’nlandirmay deb ruscha so’z- krevetki so’zini ishlatib qo’yaqoldim. Krevetki odatda Turkiyanin dengiz bo’yida joylashgan shaharlarida, baliq sotiladigan joylarda sotiladi. Odatda 2 hil turi sotiladi, biri çimçim karides-mayda krevetki, ikkinchisi jumbo karides-yirik krevetki.Maydasida go’shtli qismi kamroq bo’lgani uchun nisbatan arzon narhda sotiladi, yirigida esa go’shtli qismi ko’p bo’ladi, shuning uchun qimmat bo’ladi. Krevetkini tozalash ko’p vaqt olgani uchun Turklar uy sharoitida kamdan kam tayyorlashadi, odatda baliq restoranlarida buyurtma berishadi.Men odatda baliq sotib olayotganda yonida krevetki ham qo’shib olaman, ham oilada 2 kishi bo’lganimiz uchun 300 gr krevetkini tozalash uncha ko’p vaqt olmaydi.Krevetki tozalashga vaqtingiz bo’lmasa (yoki qo’rqsangiz) tayyor tozalangan, muzlatilgan krevetki ham sotib olsangiz bo’ladi. Sopolda pishgan krevetkini baliq bilan birga qo’shimcha taom sifatida yoki baliq pishguncha salat bilan birga gazak sifatida tortsangiz bo’ladi.

 

Kerakli masalliqlar:

2 kishilik

  • 300-400 gr krevetki
  • 2 osh qoshiq sariyog’
  • 1 tish sarimsoq
  • 1 ta bulg’or qalampiri
  • 2 ta pomidor
  • 100 gr pishloq (eriydigan turi, men turk kaşar pishlog’i ishlattim)
  • yarim choy qoshiq tuz, ta’bga ko’ra murch, achchiq garmdori

Kerakli idish:

Issiqqa chidamli, sopol yoki shisha idish. Men diametri 10cm, chuqurligi 4cm bo’lgan 2 ta sopol idish ishlattim

Tayyorlanishi:

1. Ishni krevetki tozalashdan boshlaymiz.Mayda krevetki odatda onson tozalanadi, yana ham onson yo’li, 2 minut qaynagan suvga bo’ktirib qoy’ing, shunda krevetkini qobig’i onsongina chiqib keladi.Krevetki tozalash uchun, krevetkini tana qismini ushlab turib oldin kallasini uzib tashlaymiz, ketidan oyoqlarini tozalaymiz, qobig’ini qattiq bossak kallasi uzilgan joydan go’shti onsongina chiqib (sirpanib) keladi.Kallasini uzayotganda krevetkini ustidaki qora tomiri (ichagi) ham birga chiqib kelishi kerak, chiqmasa qo’lda yoki pichoqda tozalab tashlang.

2. Tovada oldin saryog’ni qizdirib mayda to’g'ralgan sarimsoqni qovuramiz (kuyib ketmasligiga e’tibor bering), ketidan mayda to’g'ralgan bulg’or qalampirini qo’shib ozgina qizarguncha qovuramiz.Ketidan tozalangan krevetki qo’shamiz, bir ikki aralashtirib mayda to’g'ralgan pomidor (po’sti tozalangan) qo’shamiz.Tuz, murch sepib aralashtiramiz.Pomidor suvi quriguncha qovuramiz.

 

3. Tayyor bo’lgan aralashmani sopol idishlarga bo’lashtirib chiqamiz, ustidan qirg’ichdan o’tkazilgan pishloq sepib, 200 daraja oldindan isitilgan duhovkada usti qizarguncha pishirib olamiz.

Like!
0
You can leave a response, or trackback from your own site.

Bu mavzuda 8 ta sharh yozilgan “Karides güveç-Sopol idishda krevetki”

  1. bajoli says:

    qilib koraman krivetkali taom izlayotgandim shanba kuni qilaman rahamat

  2. zulhumor says:

    nima bunga krevetki ham koshadimi nima kanaka taom bolad shunda hasharotlarni mrimda emaganman bundan keyin ham emayman

    • Husnora says:

      Zulhumor, fikringiz uchun rahmat, hamma hamma narsani yeyishi shart emas, sizga yoqmagan bo’lsa bo’shqalarga yoqishi mumkin.
      Sog’ bo’ling.

  3. Aziza says:

    voy mani bollarim krevitkani rosa yaxshi ko’rishadi,endi bu usuldayam qiberaman,kotta raxmat sizga,

    • Husnora says:

      Ha Aziza, qilib ko’ring, juda ham mazali chiqadi, bollarga ham yoqadi degan umiddaman.

  4. Aziza says:

    Xusnora opa kotta raxmat.qilib yeb ko’rib bo’ldik.rostanam mazali.bir-ikki kunda yana qilaman devoman.yana bir bor raxmat

  5. Наргиза says:

    Рахмат хамма рецептлар учун. Каридесни хар доим киламан росса фойдали жудда куп рецепт езгансиз эригмастан , хаммаси хакикий ва килиб курдим яхши чиквотти. Çok teşekkür ederiz sana. Herkese afiyetler olsun

  6. Наргиза says:

    Хашоротмас кизла бу оксил моддаларга жудда бой море продукт.

Sharh: