Muhallebili kadayıf tatlısı-Kremli kadayıf

Muhallebili kadayif tayyorlash usulini yozishdan oldin, muhallebi va kadayif haqida ozgina ma’lumot berib o’tishim kerak menimcha. Muhallebi-sut, un va kraxmaldan tayyorlangan krem bo’lib, nafaqat pishiriq kremi sifatida balki alohida muhallebi shirinligi sifatida sovuq holda, ustidan handon pista yoki boshqa yong’oqlar sepib desert sifatida tortiladi.Kadayif esa, un va sut aralashmasidan tayyorlanib, katta tovada vermisheldan ham ingichka qilib quyilib, pishirib olinadi.

Rasm bu yerdan olindi http://www.flickr.com/photos/yalos/4510364292/

Odatda kadayif hamiri do’konlarda tayyor holda sotiladi. Chet elda yashasangiz Turk, Arab do’konlarida topishingiz mumkin. Kadayif tanlayotganda tayyor kadayif va hom kadayif sizni chalg’itishi mumkin. Tayyor kadayif ozgina qizargan bo’ladi va paketlangan bo’ladi, bunday kadayifga shakar siropi qo’shsangiz kifoya, tayyor desertga aylanadi, hom kadayif esa rasmda ko’rsatilganday oq rang bo’ladi va ochiq holda gram yoki kilolab sotiladi. Kremli kadayif uchun hom kadayif olishingiz kerak.

Kerakli masalliqlar:

  • 300 gr kadayif
  • 6 osh qoshiq shakar
  • 5 osh qoshiq sariyog’
  • 1 stakan maydalangan yong’oq

Muhallebi:

  • 1 lt sut
  • 4 osh qoshiq un
  • 2 osh qoshiq jo’hori kraxmali
  • 2 turk choy stakan shakar (160 gr)
  • 1 paket shanti kremi kukuni

 

Tayyorlanishi:

  1. Kadayifni 1-2 soatga muzlatgichga qo’yib qo’yamiz.
  2. Kadayif qotguncha krem tayyorlaymiz. 1 stakan sutni qozonga bo’shatib, un, krahmal, shakar qo’shib yaxshilab aralashtiramiz. Gazni yoqib tinmay aralashtirib, quyilishni boshlaganda qolgan sutni qo’shamiz. Sut quyilganda gazdan olamiz va ilishini kutamiz.Krem iligandan keyin shanti kremi kukunini qo’shib mikserda ko’pirtiramiz.
  3. Kadayifni muzlatgichdan olib qo’lda onsongina maydalab qozonga solamiz. Qozonda o’rta olovda ozgina qizarguncha qovuramiz va sariyog’, shakar qo’shib jigarrang tusga kirguncha (kuyib ketmasligiga e’tibor bering) to’htamasdan aralashtiramiz. Jigarrang tusga kirgandan keyin maydalangan yong’oq qo’shib aralashtiramiz.
  4. Yuqoridaki kadayif aralashmasining yarmini bir idishga to’kib, qo’lda preslab yoyamiz. (Idishingizni diametri 25-30cm bo’lsa yaxshi, bundan kichkinasida qalin, kattasida yupqa kadayif chiqadi.) Ustidan tayyorlagan kremimizni qoshiqda yoyib, yana ustidan kadayifni sochib/yoyib chiqamiz.Sovutgichda 2 soat turgandan keyin kesib tortamiz.

Like!
6
You can leave a response, or trackback from your own site.

Bu mavzuda 23 ta sharh yozilgan “Muhallebili kadayıf tatlısı-Kremli kadayıf”

  1. muhayo says:

    assalomu alaykum judayam mazaliga uhshaydi rahmat

  2. Ra'no says:

    muhallebili kadaif masalliqlarini qayerdan topsa boladi

    • Husnora says:

      Ra’no, agar Toshkentda tursangiz afsuski kadayif topa olmasangiz kerak, chet elda esa faqat turk, arab do’konlarida sotiladi.

  3. ummu-zayd says:

    essiz ko’rib rosa ishtahalarim ochilib ketgandi, bizda yo’q ekanda ((( endi husnora opajon bizda bor masalliqlardan reseptlar bering bizni ishtahamizi ochmasdan bo’lmasa oldizga kremli kadayifni yegani boramiz, bahonada safarga chiqarmidiiiiik… :-D

  4. ummu-zayd says:

    keyn yana mazza qilib qizlar bilan gaplashgani forum yetishmayaptidaaa :-)

  5. Mahdiya says:

    judayam mazali bolsa kerak lekin men fistikli qadayif qilganman buniyam qilib koraman inshaAlloh

  6. Feruza says:

    Husnora, bu tatlini bir turk opa o’rgatgandi, faqat ustidagi kadayifni kesib, tarelkalarga qo’yishdan oldin sepish kerak, o’shanda qisir-qisir bo’ladi degandi. Haqiqattan ham juda mazali, yengilgina shirinlik. Juda yozbop.

    • Husnora says:

      Feruza, ha bu tatlını tayyor bo’lishi bilan kesib tortsangiz kadayif qisiq-qisiq bo’ladi, qancha ko’p tursa shuncha yumshab qoladi.

  7. atirgul says:

    assalomu aleykum,husnora opa,men arab davlatlaridan biridaman.bugun supermarketga borib qidirib topdim,lekin ustida “Kanafa”deb yozilgan,arabchasiga shunaqa bo’adimi?iltimos javobini aytib qo’ysez juda hursand bo’lardim,muhallbi juda ishtahali ko’rinyapti,qilib ko’rmoqchi edim.oldindan rahmat.

  8. atirgul says:

    ha aytgancha,yongoqni o’rniga yeryongoq ham solsa bo’ladimi?

    • Husnora says:

      Ha albatta yeryong’oq ham solsangiz bo’ladi.
      Kunafa shirinligi ham kadayif hamiridan qilinadi, balki shunga kanafa deb yozilgan bo’lishi mumkin, agar hamirni rasmda ko’rsatilgandaka bo’lsa va hom, yumshoq bo’lsa unda qilsangiz bo’ladi. Agar oldindan qovurilgan bo’lsa o’hshamaydi. Oppoq rang bo’lishi kerak.

      • atirgul says:

        ha huddi rasmda ko’rsatilgandek ekan,va yumshoq,bugun qilib ko’rdim judayam mazali chiqdi,retsept uchun kattakon rahmat,ellerinize saglik :D

  9. parvoz says:

    a alekum kadayif boshqa kunafa boshqa narsaku buni kunafa didi shekilli

    • Husnora says:

      Va alaykum assalom Parvoz,
      Boshqa davlatlarda bilmadimku, Turkiyada kadayıf rasmda ko’rsatilgan hamirga aytiladi, kadayıf hamiridan esa kadayıf shirinligi va künefe shirinligi ham tayyorlanadi. Künefe shirinligini o’rtasida pishloq bo’ladi, mis idishda olov ustida aylantirib aylantirib pishiriladi va ustidan shakar siropi to’kiladi.

  10. Soffiy says:

    shanti kremi kukuni
    Nima bu tayorlash kk mi alohida

    • Husnora says:

      Shanti kremi yoki krem şanti tarjimasi ko’pirtirilgan slivki (inglizchasi whipped cream) Turkiyada tayyor paketlarda sotiladi, O’zbekistonda bormi yo’qmi bilmayman, yo’q bo’lsa o’zingiz slivkini ko’pirtirib sutli krem bilan aralashtirsangiz bo’ladi, o’zim sinab ko’rmaganman lekin 250 gr slivki yetsa kerak deb o’ylayman.

  11. Soffiy says:

    Voy rahman ishqilip whipped creamni kukunini sotvolaman de

  12. Umida says:

    Zur,saytga pandoq azo buladi a

  13. Umida says:

    Iltimos tuwuntiring,Husnora opa,azo buliwni

    • Husnora says:

      A’zolik yo’q saytda, bir marta yozganingizdan keyin man sizni qayd qilib qo’yaman, keyingi yozganlaringiz shundoq saytda yozilaveradi.

Sharh: