Brownie

Shokolad yoqtiradiganlarga bu Brownie retsepti juda yoqsa kerak, chunki bu retseptda ko’p shokolad va kam un ishlatiladi. Kam un ishlatilgani bois Brownie zich va og’ir bo’lib pishib chiqadi.

Kerakli masalliqlar:

  • 280 gr bitter shokolad
  • 125gr sariyog’
  • 200 gr shakar
  • 200 gr maydalangan yong’oq
  • 3 ta tuhum
  • 1 choy qoshiq vanilin ekstrakti
  • 3 osh qoshiq un
  • 1 chimdim tuz

 

 Tayyorlanishi:

1. Duhovkani 180C darajaga keltirib isiting

2. 23*23 cm qolipga xamir yopishmasligi uchun pergament qog’oz yozib oldindan tayyorlab qo’ying. (Men 21*24cm qolip ishlattim.)

3. Sariyog’ va shokoladni benmari usuli(qaynab turgan suvning ustiga bir idish qo’yib, ichiga sariyog va shokolad solib eritiladi) bo’yicha eriting.Erigandan so’ng 5 minut sovushini kutib shakar qo’shing va mikserda aralashtiring. Ketidan 3 ta tuhumni qoshib mikserda aralashtiring. 1 qoshiq vanilinni qo’shib qoshiqda aralashtiring.

4. Yuqoridaki aralashmaga un, yong’oq va tuz qoshib qoshiqda aralashtiring

5. Tayyor aralashmani qolibga solib, duhovkada 25-35 daqiqa davomida pishiring.

6. Pishib chiqqandan keyin hona issiqligida yoki sovuq holda tortishingiz mumkin.

 

Like!
16
You can leave a response, or trackback from your own site.

Sharh: