Duxovkada tovuq va sabzavotlar

Odatda vaqtim kam bo’lganda duxovkada pishadigan ovqat qilaman. Hamma masalliqlarni tayyorlab, ziravorlar bilan aralashtirib duxovkaga qo’yaman, 30 daqiqa bemalol boshqa ishlarni qilsa bo’ladi.Shunday onson taomlardan biri tovuq bilan birga pishgan harhil sabzavotlar.

 

Kerakli masalliqlar:

4 kishi uchun

  • 8 ta tovuq oyog’i
  • 5-6 ta  kartoshka
  • 1-2 ta sabzi
  • 2-3 ta piyoz
  • 2-3 ta qizil, ko’k bulg’or qalampiri
  • 2-3 tish sarimsoq
  • yarim stakan o’simlik yog’i
  • 1 qoshiq tomat
  • 1 choy qoshiq xantal pastasi (gorchisa)
  • 1 osh qoshiq tuz
  • 1 choy qoshiq murch
  • 1 choy qoshiq timyan
  • 1 choy qoshiq quruq yalpiz
  • 2-3 ta yangi uzilgan rozmarin bargi
  • 1 stakan qaynagan suv

 

Tayorlanishi:

  1. Tovuqni bir kun oldin yoki tayyorlashga kamida 2 soat qolganda marinovka qilib qo’yamiz.Buning uchun chuqurroq bir idishga 2-3 qoshiq o’simlik yog’i, 1 osh qoshiq tomat, 1 choy qoshiq xantal pastasi, yarim osh qoshiq tuz, yarim choy qoshiq murch, yarim choy qoshiq timyan va yarim choy qoshiq quruq yalpizni solib yaxshilab aralashtiramiz. Tayyor aralashmaga tovuqni solib, qo’lda aralashtirib, ustini yopib ertasi kungacha holodilnikka qo’yib qo’yamiz.
  2.  Duxovkani oldindan 180 C darajaga olib kelib, isitib qo’yamiz.
  3.  Hamma sabzavotlarni artib yuvib, kartoshkani ikkiga yoki to’rtga bo’lib, bulg’or qalampirlarini uzunasiga, sabzini dumaloq yoki uzunasiga kesib, piyozni butun yoki to’rtga bo’lib, sarimsoqni butunligicha bitta chuqur idishga solamiz. Ustidan 2-3 osh qoshiq yog’, yarim choy qoshiq murch, yarim choy qoshiq timyan, yarim choy qoshiq quruq yalpiz solib qo’lda yaxshilab aralashtiramiz.
  4. Issiqqa chidamli idishga tovuq, sabzavotlarni va rozmarin barglarini solib, bir chekkadan yarim stakan qaynagan suv solib duhovkada 40-50 daqiqada pishiramiz. Hammani duxovkasi harhil isitgani uchun suvi kamlik qilsa yana qaynagan suv qo’shsa bo’ladi.

 

Like!
0
You can leave a response, or trackback from your own site.

Bu mavzuda 5 ta sharh yozilgan “Duxovkada tovuq va sabzavotlar”

  1. Oshxo'r says:

    Assalomu alaykum,

    bugun shu ovqatdan tanovvul qildik. Juda zo’r chiqdi, oshpazgayam, receptni yozgangayam katta-kon raxmat.

    Mana shu go’shtga Limonmi, apelsinmi qoshib pishirsa qandoq bo’larkan?

    • Husnora says:

      Rahmat, osh bo’lsin.
      Albatta ta’bingizga qarab limon yoki apelsin qo’shsangiz ham bo’ladi, nordonroq maza yoqsa limon, tuzli bilan shirin narsa qo’shib yeyish yoqsa apelsin qo’shsangiz bo’ladi:)

  2. Bella says:

    Yana bir bor (kechgi) salom! Kech bo’lib soat 8 ga yaqinlashganiniyam sezmay qolibman. To’g'risi bugun shu saytga kirdim-u deyarli barcha sahifalarni o’qib chiqdim (hali shirinliklarga yetganimcha yo’q) menga judayam yoqdi. Mana shunisi esa judayam oson ekan nazarimda. (judayam erinchog’man-da)

  3. fotima says:

    Assalomu alaykum Husnora opa! Duhovkada tovuq va sabzavot yemakini tayyorladim juda yiyishli va chiroyli chiqdi oilam nomidan katta rahmat.

Sharh: