Hünkar beğendi

Turk oshxonasida baqlajonli taomlar juda ko’p. Hünkar beğendi (hunkyar beendi deb o’qiladi) ham baqlajonli taom bo’lib, uning bunday atalishiga bir rivoyatni  sabab ko’rsatishadi. Rivoyatga ko’ra Fransuz Imperatori Napoleonning hotini Eugenie, Usmoniylar xukmdori Abdulazizning mehmoni bo’lib kelganda, o’zi bilan fransuz oshpazlarini ham olib keladi. Usmonli oshpazlari cho’g’da pishgan baqlajon tayyorlashadi, fransuz oshpazlar esa beshamel sous tayyorlashadi, turk oshpazlari bu sousga qiziqib baqlajon bilan aralashtirib ko’rishadi va natijada beshamel sousli baqlajon pyuresi hosil bo’ladi. Bu pyureni tas kebabı (qozonda pishgan kabob) bilan tortishadi.Podishoxlarga shunchalik yoqqanidan ismini ham “podishox yoqtirdi” deb atashadi. Hünkar beğendi yoki qisqacha “beğendi “ cho’g’da pishgan baqlajon pyure ustida pomidor sousli qovurilgan “kuş başı” go’sht bilan tortiladi.”Kuş başı”(qush boshi) deganda go’shtni tahminan 2×2 cm kubik shaklda to’g'rashga aytiladi. Menimcha qadim zamonda o’lchov birligi bo’lmagani uchun qushni boshiday to’g'rash kerak deb ta’rif berishgan bo’lsa kerak.

“Beğendi”deganda aslida baqlajon pyuresi nazarda tutilgani uchun, hozirgi kunda faqatgina qovurilgan go’sht bilan emas, balki kotlet, tovuq yoki boshqa taomlarga garnir sifatida ham tortiladi. Bu taomga asosiy lazzatni cho’g’da pishgan baqlajon beradi, lekin uy sharoitida baqlajonlarni duxovkada yoki gaz ustida pishirsangiz ham bo’ladi.

 

Kerakli masalliqlar:

(4 kishi uchun )

Go’shti uchun: 

  • 1 kg mol go’shti
  • 2 ta piyoz
  • 2-3 tish sarimsoq
  • 2 ta pomidor
  • 1 osh qoshiq tomat
  • yarim choy qoshiq tuz
  • yarim choy qoshiq murch
  • yarim choy qoshiq timyan

 

Beğendi uchun:

  • 5-6 ta o’rta bo’y baqlajon (tahminan 800gr)
  • 3 stakan sut
  • 3 osh qoshiq un3-4 osh qoshiq sariyog’
  • 100 gr qirg’ichdan o’tkazilgan eriydigan pishloq (turkcha kashar peyniri)
  • yarim choy qoshiq tuz

 

Tayyorlanishi:

  1. Baqlajonlarni yuvib, pichoq yoki vilka yordamida 3-4 joyidan teshib duhovka podnosiga joylashtiramiz. Duhovkani 200 darajaga olib kelib baqlajonlarni 20-30 daqiqa davomida pishiramiz.Baqlajonlar pishish davomida suvi chiqishi mumkin podnosga aluminiyum yoki pergament qog’oz yoysangiz podnosni yuvish onsonroq bo’ladi.
  2. Baqlajonlar pishguncha tovaga 2×2 cm kubik shaklda to’g'ralgan go’shtni solib suvi chiqquncha qovuramiz. Ketidan mayda to’g'ralgan piyoz solib piyoz yumshaguncha qovuramiz. Ketidan mayda to’g'ralgan sarimsoq, po’chog’i olingan va mayda to’g'ralgan pomidor, 1 qoshiq tomat, tuz, murch, timyan solib, yaxshilab qovurib, 30-45 minut davomida past olovda pishiramiz. Gaz baland bo’lib suvi qurib ketsa ozgina qaynagan suv qo’shsangiz bo’ladi.
  3. Pishib chiqqan baqlajonlarni ko’p sovutmasdan po’chog’ini shilib olamiz (sovub qolsa po’chog’i onson shilinmaydi) Tozalangan baqlajonlarni tahtada mayda to’g'rab yoki blenderdan o’tqazib yuboramiz. Baqlajon parchalari yeganda bilinib tursin desangiz to’g'raganingiz ma’qul. To’g'ralgan baqlajonlarni bir likobchaga qo’yib, qorayib qolmasligi uchun ustidan limon suvi siqib qo’yamiz.
  4. Beğendi tayyorlash uchun:Qozonda sariyog’ eritib un bilan qovuramiz, ketidan to’g'ralgan baqlajon, tuz qo’shib yaxshilab aralashtiramiz.Kam-kamdan sut qo’shib tinmasdan quyuqlashguncha aralashtiramiz.Pishloqni qirg’ichdan o’tqazib biqirlab turgan sousga qo’shib, aralashtirib yuboramiz va gazdan olamiz.
  5. Likobga oldin beğendini solib, chetlarini tekkislab, o’rtasini esa chuqurcha qilib qo’shiqda tekkislaymiz. O’rtasini chuqurroq qilib solmasak go’sht suvi chetga yoyilib ketishi mumkin.Chuqurchaga pishib chiqqan go’shtni solib, ustidan ta’bga ko’ra harhil ko’katlar bilan bezatamiz.

Like!
5
You can leave a response, or trackback from your own site.

Bu mavzuda 8 ta sharh yozilgan “Hünkar beğendi”

  1. nargiza says:

    Albatta taerlab koraman Husnora sizga kattakon rahmat

  2. nargiza says:

    Kattakon rahmat agar iloji bor bulsa koprok salatlardan ezib yuboring iltimos

  3. Uzbaby says:

    Assalomu alaykum Husnora. Saytizdagi salatlarni ko’rib bu yerga kirganimda mana shu taom juda yoqqan edi. Nomi va masalliqlaridan juda mazali bo’ladi deb tasavvur qilgan edim. Nihoyat kecha qildim. To’risni aytsam kutganimdan ham mazali chiqdi. Farzandlarim ham mazza qilib yeyishdi, eng asosiysi hujayinimga juda yoqdi. Kottakon rahmat.

  4. Наргиза says:

    Манам постоянно пиширардим баянди патроним яхши курарди, лекин сут Билан баклажонни коришмасини хеч тушунолмиман, хаммаси мактап ейишти лекин Ман унака коришкан нарсалани ейишка куркаман.

    • Husnora says:

      Boshida shunaqa bo’ladi, keyin o’rganib ketadi odam, lekin man hali ham kabak tatlısını yeya olmayman, yoshligimdan qovoqqa shakar emas tuz qo’shib pishirib yeganman, shirqovoq ham yoqtirmasdim, lekin qovoq somsa, mantı, moshqovoq bularni juda yaxshi ko’rardim.

  5. Salma says:

    Assalamu aleykum varohmatulloh! Husnora.
    Saytizga tasodifan birinchi marta kirishim to’grisini aytsam juddayam yoqdi quyilgan retseplar hammasi ajoyib! inshaAlloh endi davomiy foydalanib turaman. (yarim choy qoshiq timyan) timyan??? nima ekanini bilmadim

    • Husnora says:

      Rahmat.
      Timyan ingliz tilida thyme, turkchada kekik deyiladi, siz qayerda turasiz bilmayman, lekin spesiyalar sotadigan joyda so’rasangiz berishadi. Tovuq va go’shtlarga juda yarashadi bu ziravor.

Sharh:

viagra for the brain , 1999 de block et al. Public release date: 4-oct-2012 contact: marjorie montemayor-quellenberg mmontemayor-quellenberg@partners. midilieder.com/ipz-361206/ over the counter viagra nyc Costs of fibroid treatment, despite shorter average lengths of stay, are rising. For many years, interventional radiologists have controlled various causes of bleeding by blocking the arteries supplying the bleeding site, a minimally invasive procedure called embolization. viagra 36 vs daily Female reproductive system are there different types of fibroids? a fibroid can be very small, the size of a seed, or large, the size of a grapefruit. http://alienracing.net/kus-361160/ designloudnow.com/yst-363811/ 1993 sep-oct 17(5):760-6. Org nbsp nibble, nibble: pests force plants to fight back more: insect nbsp europe 10 images andreas solaro, getty images gallery: europe 10 images 10 updates the new study, involving aphids and the broccoli-like research plant arabidopsis thaliana, provides the first measurable evidence that this selective process is driven, in part, by the pressure that multiple natural enemies exert on plants by forcing... http://hisni-servis.si/lagacy/marke.php?lsr=361510 This book documents at least 1 in 4 women have uterine fibroids which can grow silently for years and/or suddenly present with a host of uncomfortable to debilitating symptoms. To assess the benefits and harms of acupuncture in women with uterine fibroids the following electronic databases were searched 21st may 2009: the cochrane central register of controlled trials (central) medline embase amed the menstrual disorders and subfertility group's specialised register of trials chinese biomedical literature database (cbm) traditional chinese medical literature analysis and retrieval system (tcmlars) chinese medical current contents (cmcc) and china national knowledge infrastructure(cnki). tecnicodeportivo.com/eaj-363210/ 882. difference between generic and brand viagra how to buy viagra online uk Blood loss during uterine fibroid embolization is minimal, the recovery time is much shorter than for hysterectomy, and general anesthesia is not required.