Cacık

Cacık (ruscha «джаджик» deb o’qiladi) Turkiyada eng ko’p tayyorlanadigan salatlardan biri hisoblanadi. Asosiy masalliqlar: qatiq, bodring, sarimsoq va quruq yalpizdan tayyorlanib, qatiqqa ozgina suv qo’shilsa salat sifatida, qatiqqa suv qo’shmasdan quyuq qilib tayyorlansa meze (gazak) sifatida yeyiladi. Turklar qatiqni juda ko’p iste’mol qilishganidan, cacikni qishin yozin tayyorlashadi, lekin manimcha cacık yozda juda yaxshi ketadi, ayniqsa ichiga muz bo’laklari solinsa, issiq kunda ovqat yegisi kelmaydiganlar uchun ayni muddao.Cacık asosiy masalliqlari odatda birhil lekin ba’zi joylarda ukrop, limon suvi, quruq qizil qalampir, zaytun yog’i ham qo’shiladi.

Kerakli masalliqlar:

  • 2 ta bodring
  • 2 stakan qatiq
  • yarim stakan suv
  • 2 tish sarimsoq
  • 2 osh qoshiq quruq yalpiz
  • ta’bga ko’ra tuz
  • 1-2 osh qoshiq zaytun yog’i
  • 4-5 bo’lak muz (ixtiyoriy)

 

Tayyorlanishi:

  1. Bir idishga qatiq solinib qoshiqda yaxhshilab aralashtiriladi.Agar qatiq suyuq bo’lsa suv qo’shmasa ham bo’ladi, quyuq bo’lsa suyultirish uchun yarim stakan muzday suv qo’shiladi.
  2. Bodring po’sti zebra shaklda artiladi (qatiqda yashil rangi ko’rinib turishi uchun) va mayda kubik shaklda to’g'raladi yoki yirik qirg’ichdan chiqariladi.Qatiqqa qo’shiladi. Ketidan sarimsoqni mayda to’g'rab yoki qirg’ichdan chiqarib qo’shiladi. Yalpiz, tuz va zaytun yog’i qo’shib, yaxshilab aralashtiriladi.
  3. Tayyor cacıkni kichkina kosalarga solib, ichiga 1-2 ta muz solib, istakka ko’ra ustidan zaytun yog’i va yalpiz bilan bezatib, ovqat bilan birga dasturhonga tortiladi.

 

 

 

Like!
2
You can leave a response, or trackback from your own site.

Bu mavzuda 3 ta sharh yozilgan “Cacık”

  1. Munira says:

    Korinishi ajoyib, yonidaginiyam:)

  2. Munira says:

    Iftorga qilaman. okroshka qimoqchiydim, zelenlarim sargayib qopti. Cacikka hamma ingredientlarim bor:)

Sharh: