Limonad

 Yoz ham kelib, kunlar isib ketdi. Jazirama issiqda muzdak ichimliklar ichgimiz keladi, Toshkentda hovlimizdaki mevalardan kompot qilib, sovutib ichardik, eng ko’p olchali kompot qilardim, İzmirda esa olcha topish qiyinroq, lekin limon mo’l ko’l. Oldinlari hali tayyor gazli ichimliklar bo’lmagan paytda Turkiyada yozda salqinlash uchun limonad tayyorlashar ekan, hozir esa ko’pchilik tayyor gazli ichimliklarni sotib oladi, lekin gazli ichimliklarni zararini biladigan odamlar hali ham uyda limonad tayyorlashadi. Siz ham tabiiy ichimlik yoqtirsangiz, bu limonadni tayyorlab ko’ring.

Shakar miqdorini ta’bingizga qarab o’zgartirishingiz mumkin, bolalar uchun ko’proq shakar solsangiz bo’ladi.

 

Kerakli masalliqlar:

  • 3-4 ta limon
  • yarim bog’ yalpiz
  • 1 stakan shakar
  • 1,5 litr suv

 

Tayyorlanishi:

1. Limonlarni yuvib, po’chog’ini mayda qirg’ichdan o’tqazamiz. Qirg’ichdan chiqarilgan limonlarni to’g'rab, ustidan shakar va yalpizni solib, qo’lda yahshilab limon suvi chiqquncha ezamiz. Bu aralashmani bir idishga solib, qopqog’ini yopib, holodilnikga 4-5 soatga qo’yib qo’yamiz.

2. 1,5 litr qaynagan suvni yuqoridaki aralashmaga qo’shib yahshilab aralashtiramiz. Sovutib, alohida grafinga elakdan o’tqazib limonadni bo’shatamiz.

Stakanga limonadni quyib, muz va yalpiz bilan birga taqdim etamiz.

 

 

Like!
2
You can leave a response, or trackback from your own site.

Bu mavzuda bir sharh yozilgan “Limonad”

  1. Hilolaxon says:

    Vauu… hozir qish bo’lsayam ichgilarim kelib ketdi. Nasib bo’lsa albatta tayyorlab ko’raman, uydagilar ham maza qilib ichishsa kerak.
    Raxmat sizga!

Sharh: