Yumurtalı ıspanak-Tuxumli ismaloq

Dunyoda turk halqichalik ismaloq yeydigan halq bo’lmasa kerak. Men ham Turkiyaga kelib ismaloq yeyishni boshladim, Toshkentda 21 yoshimda ismaloq yeganimni eslayman, undan oldin uyimizga hech kirmagan ekan. Ismaloqni kitoblarda ko’p o’qigandimku lekin nimagadir hech pishirmagan ekanmiz. Ismaloqli somsadan boshqa taom bilmas edim. Turkiyada esa, ismaloqni somsasini ham, ovqatini ham, salatini ham qilishadi. Tuxumli ismaloq ham eng ko’p pishiriladigan taom turlaridan biri. Pishirilishi juda onson, ham foydali ham to’yimli. Foydali tarafi ismaloqda ko’p miqdorda temir moddasi bor.

 

Kerakli masalliqlar:

  • Yarim kg ismaloq
  • 1 ta piyoz
  • 4-5 osh qoshiq kungaboqar yog’i
  • 2-3 ta tuxum
  • tuz, murch

 

Tayyorlanishi:

  1. Ismaloqlarni yaxshilab yuvamiz. 2-3ga bo’lib to’graymiz. Qaynab turgan suvga solib yumshaguncha qaynatamiz. Suvni to’kib tashlab, ismaloqlarni sovutib, qo’lda suvini siqib tashlaymiz.
  2. Piyozni mayda to’g'rab, yog’da qovuramiz ketidan ismaloqlarni solib qovuramiz. Tuz va murch solib suvi quriguncha qovuramiz. Ketidan tuxum solib (butun yoki aralashtirilgan) ozgina aralashtirib qopqoq bilan yopib qo’yamiz. Tuhum pishgan bo’lsa ismaloq tayyor degani.

 

 

Like!
9
You can leave a response, or trackback from your own site.

Bu mavzuda 4 ta sharh yozilgan “Yumurtalı ıspanak-Tuxumli ismaloq”

  1. Nura says:

    Assalamu aleykum
    Receptingiz uchun rahmat, Allah rozi bolsin!
    Bir savol, ismoloqni ikki martta pishirish kkmi? Vitaminlari qoladimi unchali pishirvorsa?

    • Husnora says:

      Va alaykum assalom,
      Albatta ikki marta ishlov berilgani uchun vitaminlari kamayishi mumkin, hohlasangiz qaynatmasdan shundoq qovurib tuxum chaqsangiz bo’ladi, yoki qaynatib va ozroq yog’ aralashtirib tuxum bilan pishirishingiz mumkin. Yoki bo’lmasam parda (qasqonda) pishirib olib keyin tuxum chaqishingiz mumkin. Parda pishgan sabzavotlar kamroq vitamin yo’qotadi. Hech ham vitamin o’lmasin desangiz, hom yeyishga to’g'ri keladi:)

  2. Zinnurain says:

    Assalamu aleykum!Husnora opa pishirib ko’rdim.Judayam mazzali chiqdi,ayniqsa nonushtaga zur ekan.retsept uchun sizga rahmat!Bu qilayotgan
    mehnatlarizni Allah mukofotlasin!Qo/llaringizga sog’liq,charchamang..

Sharh: