Tvorogli pechen’ye

Borgan sari kam yozib, borgan sari retseptlarim ham onsonlashib ketadi shekilli bu ketishda:) Tvorogli pechen’yelar ham onson, ham foydali, ayniqsa tvorog yemaydigan bolalarga yedirish uchun yaxshi pishiriq.

Kerakli masalliqlar:
  • Tvorog 200 gr
  • Sariyog’ 100 gr
  • Tuxum 1 dona
  • Shakar 1 stakan
  • Un 2-2,5 stakan
  • Soda 1 choy qoshiq
  • Limon soki soda o’ldirish uchun
Tayyorlanishi:
1. Tvorogni vilka yordamida yaxshilab ezing.

2. Ketidan yarim stakan shakar qo’shib aralashtiring, keyin 1 ta tuhum solib aralashtiring, ketidan sariyog’ni qirg’ichdan o’tkazib soling, yoki sariyog’ni hona issiqlida yumshatib solib aralashtiring.
3. Un solib, ketidan limon suvi bilan o’ldirilgan soda qo’shing.
4. Qattiqqina xamir hosil bo’ladi. Ustini o’rab, holodilnikka 1 soatga qo’ying.
5. Xamirni olib 2-3 mm qalinlikda yoying, og’zi kengroq stakan bilan doiralar kesing, doiralarni olib bitta tarafini shakarga botiring, ikkiga tahlab yana bir tarafini shakarga botiring, yana tahlab (uСhburchak hosil bo’ladi) yana bir tarafini shakarga botiring, shakarli tarafi ust tarafida qoladigan qilib podnosga terib chiqing.
170 darajаda oldindan isitilgan duxovkada 30-35 minut davomida pishiring.
Like!
15
You can leave a response, or trackback from your own site.

Bu mavzuda 2 ta sharh yozilgan “Tvorogli pechen’ye”

  1. Nafosat says:

    Salom, bu pecheniyangizni tayyorlab ko’rdim, juda yoqimli ekan. Raxmat, sizdan yangi retseptlarni kutib qolaman.

Sharh: