Hamsi tava-Qovurilgan anchous

Hamsi balig’i Turkiyaning Qoradengiz va Marmara dengizlarida ovlanib, Turkiyaning butun shaharlariga tarqatiladi. Turkiyada har bir shaharning o’ziga hos mashxur taomi bor, bu hamsi tava ham Qoradengiz regionining eng mashxur taomi hisoblanadi. Juda mazali va haqiqiy dengiz balig’i (hovuzda o’stirilmagan) bo’lishiga qaramay juda arzon sotiladi, shuning uchun qish oylarida har bir turk oilasida tez-tez pishirilib turiladi. Bu baliqni tayyorlashda e’tibor berilishi kerak bo’lgan narsa baliqlarni ichaklarini yaxshilab tozalash, yaxshi tozalamasangiz taxir maza keladi.Qiltanog’ini chiqarib pishirish yoki chiqarmasdan pishirish o’zingizga havola, man qiltanog’i bilan pishiraman va pishgandan keyin ham qiltanog’i bilan yeyman, juda mayda bo’lgani uchun oshqozonimga og’ir botmaydi. Uydagilarim qiltanog’ini chiqarib yeyishadi. Qiltanog’i bilan pishirib keyin chiqarish onsonroq, buni aytib qo’yay.

 

Kerakli masalliqlar:

  • 4 kishilik
  • 1 kg hamsi (anchous)
  • 1-2 stakan jo’xori uni (yoki bug’doy uni)
  • tuz
  • 1 stakan kungaboqar yog’i.

 

Tayyorlanishi:

1.Baliqlarni bosh qismidan ushlab tortgan holda ichaklarini tozalaymiz. Boshini uzsangiz ichagi ham chiqib keladi, ichini ochib qoldiqlarini ham tozalang. Baliqlarni tozalab, suvda yaxshilab yuvib, teshikli idishga solib yaxshilab quritamiz.

2.Keng tarelkaga, yoki podnosga jo’xori unini solib baliqlarni bulg’aymiz, ta’bga qarab tuz solib qo’lda yaxshilab aralashtiramiz.

3.Tovaga ozgina 2-4 qoshiq yog’ solib, yog’ni o’rta olovda isitamiz va gazni o’chiramiz.Bunday qilishimizning sababi, gaz ochiq tursa baliq terib chiqqunimizcha birinchi tergan baliqlarimiz pishib qoladi, qolganlari esa pishmaydi. Isigan yog’ga tovani chetidan boshlab baliqlarni boshi tovani chetiga, dumi tovani o’rtasiga keladigan shaklda doira qilib terib chiqamiz, o’rtasi bo’sh qolsa, bo’sh qolgan joyga ham baliq terib chiqamiz va gazni yoqamiz. O’rtadan balandroq olovda qovurishni boshlaymiz, bu baliq juda tez pishgani uchun orqasini bir vilka bilan ko’tarib tekshirib ko’ring, uni qurigan bo’lsa tovani ustiga bir tarelka qo’yib, tovani aylantirib baliqlarni tarelkaga to’kib yana tovaga solamiz. Yana 2-3 minutcha pishirib toza tarelkaga baliqlarni solamiz.

Hamsi pishirish uchun o’zini ikki tarafli tovasi yoki baliqlarni o’girish uchun temirdan qopqoq sotiladi, bular ishingizni ancha onsonlashtiradi.

Like!
1
You can leave a response, or trackback from your own site.

Sharh: