Menemen

Menemen turk nonushta dasturhoning ajralmas taomlaridan biri hisoblanadi. Tayyorlanishi unchalik qiyin bo’lmasa ham dasturhonda menemen bor degani, nonushta ziyofatga aylandi degani. Bu taomning bunchalik sevib yeyilishining sababi, tuxum bilan birga pishirilgan piyoz, peres va pomidorning lazzatida bo’lsa kerak. Odatda menemen ushbu uch hil sabzavotdan tayyorlanadi, lekin hohishga ko’ra sucuk (turk kolbasasi), sarimsoq ham qo’shish mumkin. Menemen nafaqat nonushtada balki tushlik va kechki ovqatga ham tayyorlanishi mumkin, faqat tayyorlanishi juda onson bo’lgani uchun, odatda yo uyda masalliq qolmaganidan, yo ovqat qilishga eringandan tayyorlanadi, shuning uchun menemen dangasalar va talabalar ovqati ham deyiladi:) Davomi »

Like!
7

Qaynatilgan kartoshka

Bahorda yangi chiqqan kartoshka chiqishi bilan albatta olib, qaynatib yeyman.  Bunday kartoshka juda mayin va shirin bo’ladi, ayniqsa sariyog’, sarimsoq va ukrop bilan aralashtirib yeyilsa. Bunday usulda tayyorlangan kartoshka menga yoshligimni eslatadi, biz bunday kartoshkani seledka va qora non bilan yerdik, afsuski Turkiyada seledka va qora non yo’q, shuning uchun ba’zan quruq kartoshkani o’zini qaynatib ham yeyman, yoki garnir sifatida ham pishiraman. Bu kartoshka tovuq, baliq va albatta go’sht bilan ham juda mazali bo’ladi. Menda muzlatgichda tovuq kotletalar bor edi,  kartoshkalar bilan juda mazali bo’ldi.  Davomi »

Like!
7

Kabachkili pizza

Bu pizzani aslida yoz oyida, meva-sabzavot mo’l paytda qilgan edim. Bozordan yangi uzilgan kabachki, hali po’chog’i qurimagan sarimsoq va mayda pomidor olgan edim. Boshida salat qilaman degandim, lekin Italiyadaki bir dugonam bilan internetda gaplashib pizza haqida gap ketdi, Italiyada harhil pizzalar tayyorlanishini, go’shtli pizzalarni halol go’shtdan tayyorlanmasligi sabab uni o’rniga sabzavotli pizzalar olishini aytdi. Shunda men ham sabzavotli pizza tayyorlasam qanday bo’larkin deb kabachkili pizza qilib ko’rgim keldi. Bilaman ko’pchilik kabachkini yoqtirmaydi, lekin saytimda eng ko’p o’qilgan retseptlar orasida kabachki kotletasi yuqori o’rin olgan, shu sabab ham bu retseptni yozishga qaror qildim, zero bu pizzada kabachki oldin qovurilib olingani uchun pizza quruq chiqmaydi, aksincha, pomidor va pishloq bilan birga selli va mazali chiqadi. Ustiga sepish uchun tahminiy qilib zabzavot miqdorini yozdim, pizzaga hamma o’z ta’biga qaram masalliq ishlatsa bo’ladi, bundan tashqari o’z fantaziyangizga qarab qo’ziqorin, pishgan jo’xori, pishgan qizil bulg’ori qalampiri va harhil ziravorlar ishlatsangiz bo’ladi. Davomi »

Like!
5

Mimoza tuxumi

Ovqat qilishni umuman bilmaydigan odam ham hech bo’lmaganda tuxum pishirishni biladi menimcha, bir tanishim “ovqat qilishni bilmayman lekin 99 xil tuhum pishirishni bilaman” degandi xazil bilan. Tuhum universal mahsulot hisoblangani uchun undan turli hil taom, pishiriq, salat va boshqa narsalar tayyorlash mumkin. ( Kim biladi, balki men ham saytda 99 xil tuxum retsepti yozarman? :) ) Mimoza tuhumini ertalabga nonushtaga yoki gazak sifatida tayyorlashingiz mumkin. Bu retsept men yoqtirgan mana bu saytdan olingan edi, original retseptida mayonez va ciboulette (yovvoyi ko’k piyoz) ishlatilgan, men esa nonushtaga tayyorlaganim uchun sariyog’ va yangi yanchilgan rangli murch ishlattim. Sariyog’ mayonezga nisbatan qattiqroq bo’lgani uchun shakl berish qiyinroq bo’ldi, agar mayonez ishlatsangiz onsongina xoxlagan shakl berishingiz mumkin. Piyoz o’rniga turli hil ko’katlar: shivit, kachnich, petrushka ham ishlatsangiz bo’ladi. Davomi »

Like!
1