Tvorogli pechen’ye

Borgan sari kam yozib, borgan sari retseptlarim ham onsonlashib ketadi shekilli bu ketishda:) Tvorogli pechen’yelar ham onson, ham foydali, ayniqsa tvorog yemaydigan bolalarga yedirish uchun yaxshi pishiriq. Davomi »

Like!
15

Napoleon torti

Napoleon tortining harhil retseptlari bor, tayyorlash texnikasi bir hil bo’lsa ham masalliqlari farq qilishi mumkin, kimdir ko’p qavatli, kimdir yog’liroq yoki quruqroq yoqtiradi. Bu retsept bilan Napoleon o’rta me’yorda yog’li va hamiri ham o’rta me’yorda yumshoq bo’lib chiqadi. Davomi »

Like!
103

Quyultirilgan sut

Quyultirilgan sut yoki ruschasi “sgushenka” nimaligini hamma bilsa kerak, O’zbekiston yoki sobiq sovet davlatlarida yashasangiz hech muammosiz har do’konda topsangiz bo’ladi, lekin chet elda siz yashab turgan joyda rus do’koni bo’lmasa quyultirilgan sut topish qiyinroq, ba’zi davlatlarda condensed milk, Italiyada dulche de leche deb sotiladi, lekin Turkiyada afsuski yo’q, balki Istanbulda bo’lishi mumkin, lekin Izmirda topa olmadim. O’zbekistondan kimdir kelsa olib keltiraman, lekin afsus har doim ham odam bo’lmaydi. Hullas 1yildan beri sgushenka armonida o’tib ketmay deb uyda o’zim tayyorlashga qaror qildim. Ko’p rus saytlarida retseptini ko’rdim lekin qarorimni man uchun ishonchi bo’lgan blog Cafe Fernandoda to’htattim, bu blog menga juda yoqadi va blog sohibi retseptlarini juda yaxshi tushuntiradi. Davomi »

Like!
11

Ayva tatlısı-Behi shirinligi

Turk oshxonasida xamir va sutli shirinliklardan tashqari mevali hatto sabzavotli shirinliklar ham ko’p. Ayva tatlısı behidan tayyorlanib, shakar sharbati bilan 1,5-2 soat davomida pishiriladi, natijada huddi asaldek shirin bo’lib chiqadi. Pishib chiqqandan so’ng usti qaymoq, yong’oq yoki xandon pista bilan bezatiladi. Behi pishib chiqqandan so’ng qizg’ishroq rangda bo’lishi kerak, ba’zan juda ham qizil bo’lishi uchun tabiiy bo’yoq ham qo’shiladi. Lekin menimcha tabiiy qizg’ish bo’lgani yaxshiroq. Davomi »

Like!
12