Mercimek çorbası-Yasmiq sho’rvasi

Yasmiq sho’rvasini birinchi marta Toshkentda bir turk restoranida tatib ko’rgandim, ustiga limon siqib ichilishi juda ajoyib tuyilgandi, lekin u paytlar qanday qilinishi bilan qiziqmagan ekanman, restorandan retsept so’rash kimni hayoliga kelibdi?  Turkiyaga kelganimda bu sho’rvani birinchi marta qaynonam o’rgatti, mercimek yani yasmiqdan qilinishini o’shanda o’rgangan edim. “Tayyorlanishi rosa onson, o’rganib olib o’zim ham qilaveraman degandim”,chuchvarani hom sanabman, birinchi safar qilganimda suvi ko’plik qildi, ikkinchi safar tagiga oldi, sho’rva qanday qilib tagiga oladi deyotgan bo’lsangiz tayyorlanish jarayonida tushuntirib o’taman. Nihoyat bir qancha tajribadan so’ng sho’rvani huddi qaynonamdaka tayyorlashni o’rgandim, tayyorlash onson ko’rinsa ham ba’zi ahamiyat berilishi kerak bo’lgan tomonlari bor. Davomi »

Like!
2

Yayla çorbası-Qatiqli sho’rva

 

Yayla çorbası yoki ba’zan yoğurt çorbası ham deyishadi, Turkiyada deyarli hamma bilgan, tayyorlanishi juda onson, yengil lekin juda mazali qatiqli sho’rva hisoblanadi. Qishda issiq holda,  yozda esa iliq holda ichishingiz mumkin. Bu sho’rva menga yoshligimda kasal bo’lganimda ichgan  qatiqli ho’rdani ham eslatadi, asosiy masalliqlar birhil bo’lsa ham, yayla sho’rvasida sariyog’da eritilgan quruq yalpiz ishlatiladi, bu esa sho’rvaga o’zgacha ta’m va lazzat beradi. Davomi »

Like!
1