Hünkar beğendi

Turk oshxonasida baqlajonli taomlar juda ko’p. Hünkar beğendi (hunkyar beendi deb o’qiladi) ham baqlajonli taom bo’lib, uning bunday atalishiga bir rivoyatni  sabab ko’rsatishadi. Rivoyatga ko’ra Fransuz Imperatori Napoleonning hotini Eugenie, Usmoniylar xukmdori Abdulazizning mehmoni bo’lib kelganda, o’zi bilan fransuz oshpazlarini ham olib keladi. Usmonli oshpazlari cho’g’da pishgan baqlajon tayyorlashadi, fransuz oshpazlar esa beshamel sous tayyorlashadi, turk oshpazlari bu sousga qiziqib baqlajon bilan aralashtirib ko’rishadi va natijada beshamel sousli baqlajon pyuresi hosil bo’ladi. Bu pyureni tas kebabı (qozonda pishgan kabob) bilan tortishadi.Podishoxlarga shunchalik yoqqanidan ismini ham “podishox yoqtirdi” deb atashadi. Davomi »

Like!
5

Duxovkada tovuq va sabzavotlar

Odatda vaqtim kam bo’lganda duxovkada pishadigan ovqat qilaman. Hamma masalliqlarni tayyorlab, ziravorlar bilan aralashtirib duxovkaga qo’yaman, 30 daqiqa bemalol boshqa ishlarni qilsa bo’ladi.Shunday onson taomlardan biri tovuq bilan birga pishgan harhil sabzavotlar. Davomi »

Like!
0

Brownie

Shokolad yoqtiradiganlarga bu Brownie retsepti juda yoqsa kerak, chunki bu retseptda ko’p shokolad va kam un ishlatiladi. Kam un ishlatilgani bois Brownie zich va og’ir bo’lib pishib chiqadi. Davomi »

Like!
16

Mozaik pasta-Pechenyedan mozayka

Anchadan beri blogda yozmadim, sababi deyarli butun kun 4 oylik qizim bilan ovoraman, kunduz kuni juda kam uhlaydi, hech bo’lmaganda 1 soat uhlasa ham hamma ishimni qilib olardim, afsuski butun ishlar kechasi qilinadi. Ovqat qilib rasmga olish qayoqda deysiz, shunday bo’lsa ham oshxonada qizimni kolyaskaga yotqizib qo’yib, o’ynab, gaplashib mozayka pechenyesini qildim.Tayyorlashga juda kam vaqt ketgani uchun, qizim yig’lashga tushmasdan bu pechenyeni qilishga ulgurdim. Vaqtingiz menga o’hshab juda kam bo’lsa bu shirinlik juda qo’l keladi. Muzlatgichda saqlanganligi uchun uzoq muddat saqlab, hohlagan payt kesib yeyish mumkin. Davomi »

Like!
10