Yumurtalı ıspanak-Tuxumli ismaloq

Dunyoda turk halqichalik ismaloq yeydigan halq bo’lmasa kerak. Men ham Turkiyaga kelib ismaloq yeyishni boshladim, Toshkentda 21 yoshimda ismaloq yeganimni eslayman, undan oldin uyimizga hech kirmagan ekan. Ismaloqni kitoblarda ko’p o’qigandimku lekin nimagadir hech pishirmagan ekanmiz. Ismaloqli somsadan boshqa taom bilmas edim. Turkiyada esa, ismaloqni somsasini ham, ovqatini ham, salatini ham qilishadi. Tuxumli ismaloq ham eng ko’p pishiriladigan taom turlaridan biri. Pishirilishi juda onson, ham foydali ham to’yimli. Foydali tarafi ismaloqda ko’p miqdorda temir moddasi bor. Davomi »

Like!
9

Gözleme

Gözleme o’zbek Yupqasiga juda o’hshaydi, hamiri bizning Yupqaday yupqa bo’lmasligi mumkin, qiymasiga ham faqatgina go’sht emas, turli hil sabzavotlar, pishloq yoki o’tlar ishlatilishi mumkin. Gözleme odatda saç degan yupqa temirdan yasalgan tovada pishiriladi, tagida o’tin olovi yoki gaz olovi yoqiladi. Davomi »

Like!
8

Kolay mantı-Onson chuchvara

Turkiyada o’zbek chuchvarasiga o’hshash hamirli, qiymali ovqatni manti deyishadi, ismi bizning manti bilan birhil bo’lsada, pishirilishi huddi chuchvaradek ammo chuchvaradan 3-4 barobar kichkina bo’ladi. Hatto, aytishadiki eng yahshi manti, bu bitta qoshiqqa 40 ta sig’adigan bo’lishi kerak. Albatta, bunday mayda chuchvaralarni tugish uchun sabr va vaqt kerakligi uchun va hamma ham Turkiyada hamir yoyishni bilmaganligi uchun manti makarna deb sotiladigan makaronlar juda qo’l keladi. Bunday makaronlarni ichini qiyma bilan to’ldirib chiqish kifoya, qolgani huddi makaron pishirganday pishiriladi. Davomi »

Like!
5

Karamli koreyscha salat

Koreys va Osiyo oshxonasini yoqtirishimni sezgan bo’lsangiz kerak. Yana bir koreys salatlaridan birini yozdim, aslida Koreyani o’zida bo’lmasligi mumkin lekin Toshkentdaki koreyslar tomonidan juda ko’p tayyorlanib, bozorlarda sotiladi. Davomi »

Like!
25