belgilar ‘ширинликлар’

Napoleon torti

Napoleon tortining harhil retseptlari bor, tayyorlash texnikasi bir hil bo’lsa ham masalliqlari farq qilishi mumkin, kimdir ko’p qavatli, kimdir yog’liroq yoki quruqroq yoqtiradi. Bu retsept bilan Napoleon o’rta me’yorda yog’li va hamiri ham o’rta me’yorda yumshoq bo’lib chiqadi. Davomi »

Like!
103

Praga torti

Bu tortni ko’proq 70-80-yillarda yashaganlar yaxshiroq bilsa kerak, Sovet qandolatchiligining klassik tortlaridan biri Praga torti. Internetda bu tort haqida bunday yozishibdi: Praga torti Moskvadaki “Praga” restoraning qandolatchilik bo’limi boshlig’i Vladimir Mixaylovich Guralnik tomonidan o’ylab topilgan, hammamizga ma’lum “Ptichye moloko” va bir qancha 30dan oshiq tortlar ham mana shu kishi tomonidan yaratilgan.Qisqa vaqtda Praga torti ko’pchilikka yoqib ulguradi va bu tortni sotib olish uchun restoranda odamlar navbat kutib sotib olishadi. Bu tortning alohida yoqadigan tomoni quyultirilgan sut (sgushenoye moloko) ishlatilishi.Afsuski Turkiyada quyultirilgan sut yo’q. Sgushenkani juda ham yahshi ko’rganimdan har Toshkentga borganimda olib kelaman, yoki rus o’rtog’im uyiga borganda mendan so’rab o’tirmasdan olib keladi.Siz ham quyultirilgan sut va shokolad yaxshi ko’rsangiz, bu tort sizga yoqishi mumkin. Davomi »

Like!
44

Tvorog va o’rikli cheese cake

Yoz kuniga mos yengil, mevali cheese cake! Uydagi o’riklardan qandaydir shirinlik tayyorlash maqsadida retsept qidirayotgan edim, mana bu saytda tvorogli cheese cake retseptini ko’rib qoldim. Retseptni sal o’zgartirib, pishirib ko’rgim keldi. Natija ko’ngildagidak chiqdi! Faqat Turkiyada tvorog (tatlı lor) sal quruqroq bo’lgani uchun blenderda aralashtirish qiyin bo’ldi, shuning uchun tvorogni aralashtirayotganda yarim stakancha suv qo’shdim.

Aslida bu pirogni zapekankami yoki cheese cake deb atash kerakmi deb o’ylab qoldim, chunki zapekanka ham deyarli shu usulda pishiriladi, lekin tagida pechenyesi bo’lmaydi, cheese cake esa ko’pincha krem pishloq va italyan pishlog’i ricottadan tayyorlanadi, lekin biz bilgan tvorog yoki turk lor pishlog’i ham ricottaga juda o’hshab ketadi. Manimcha tagida pechenyesi bo’lgani uchun cheese cake deb atasa ham bo’ladi. Davomi »

Like!
5

Brownie

Shokolad yoqtiradiganlarga bu Brownie retsepti juda yoqsa kerak, chunki bu retseptda ko’p shokolad va kam un ishlatiladi. Kam un ishlatilgani bois Brownie zich va og’ir bo’lib pishib chiqadi. Davomi »

Like!
16