belgilar ‘baqlajonli salat’

Baba ghanoush-Baqlajon ikrasi

Baba ghanoush aslida O’rta Sharq davlatlariga oid taom bo’lib,  Turkiyada ham tayyorlanadi. Turkiyada patlıcan salatası deb nomlanib, odatda salat yoki gazak sifatida tortiladi. Bunday salat nonga surtib yeyiladi, ovqatdan oldin yeyilganda ishtaxa ochuvchi hamda to’yimli salat hisoblanadi. Bunday salatni o’ziga hos ta’mi bo’ladi chunki baqlajonlar ko’mir, o’choq cho’gida pishirib olinadi, shuning uchun baqlajonlarga tutun mazasi o’tadi. Davomi »

Like!
10

Baqlajonli salat

Yana bir baqlajonli salatlardan biri. Masalliq miqdorini yozmayman, chunki ta’bga ko’ra kamroq yoki ko’proq solsa ham bo’ladi. Davomi »

Like!
11

Közlenmiş patlıcan salatası-Baqlajon va sabzavotli salat yoki ikra

Bu salat bizning qovurma achchiq-chuckukka o’hshab ketadi. Achchiq-chuchuk deganda Toshkentdaki hovlimizni eslayman, har yili pomidor, baqlajon, peres va boshqa sabzovotlar ekardik. Bazan, kunduz kunlari nima ovqat qilishni bilmay polizdan qipqizil pomidorlarni tanlab ustiga tuz sepib non bilan yerdik yoki harhil sabzavotlarni to’g’rab qovurma achchiq-chuchuk qilardik. Yoz ohirlarida esa hosil yahshi pishgan paytda qishga tayyorgarlik boshlanardi, bozordan kilo-kilo pomidor, baqlajon, perez olib kelib qishga konserva berkitardik…
Turkiyada ham Hudoga shukur yozda sabzavot va meyvalar mo’l-ko’l bo’ladi. Ham supermarket, ham bozordan sotib olishingiz mumkin. Bizning bozorlarga o’hshagan bozorlar bu yerda ham bor lekin haftaning bazi kunlarida shaharning bazi rayonlarida sotuvchilar o’z peshtahtalarini qurishadi, masalan bizning uyga yaqin bozor yakshanba kuni keladi, Bostanlı rayoniga esa chorshanba kuni, odamlar odatda 1 haftalik bozor qilishadi. Mavzudan chetga chiqmay ikraning tayyorlash usulini yozay. Davomi »

Like!
5