belgilar ‘fasol’

Kuru fasulye

Kuru fasulye turk oshxonasining milliy ovqatlaridan biri hisoblanadi. Oq fasoldan tayyorlanib, go’shtli, go’shtsiz, sucuk yoki pastırmali bo’lishi mumkin, tayyorlanish usuliga ko’ra gazda yoki duhovkada pishirilishi mumkin.Fasol kaloriyasi yuqori bo’lgani uchun odatda bu ovqat qish oylarida tayyorlanadi. Yonida pilav ya’ni turk oshi yoki bulgur (bug’doy) oshi bilan tortiladi. Bu ovqatni tayyorlash uchun fasol bir kun oldin uvitib qo’yiladi, men odatda vaqt tejash uchun ko’pgina fasolni uvitib ortiqchasini muzlatgichda qo’yib qo’yaman, kerak bo’lgan paytda olib eritmasdan ishlataveraman. Davomi »

Like!
0

Kıymalı taze fasulye-Qiymali yashil fasol

 

Kunlar isishi bilan bozor va supermarketlarda mavsumning yashil sabzavotları yana ham ko’payib bormoqda. Shulardan biri taze fasulye, ya’ni yashil fasol. Yashil fasol va unga o’hshash dukkakli sabzavotlar turk oshxonasida juda ko’p ishlatiladi. Birgina yashil fasol birqancha usulda tayyorlanishi mumkin: zaytun yog’li, qiymali yoki suyakli go’shtli. Har bir usul o’zgacha lazzatli bo’lib, men bugun qiymali yashil fasol tayyorladim.

Davomi »

Like!
2