belgilar ‘go’shtsiz taomlar’

Qaynatilgan kartoshka

Bahorda yangi chiqqan kartoshka chiqishi bilan albatta olib, qaynatib yeyman.  Bunday kartoshka juda mayin va shirin bo’ladi, ayniqsa sariyog’, sarimsoq va ukrop bilan aralashtirib yeyilsa. Bunday usulda tayyorlangan kartoshka menga yoshligimni eslatadi, biz bunday kartoshkani seledka va qora non bilan yerdik, afsuski Turkiyada seledka va qora non yo’q, shuning uchun ba’zan quruq kartoshkani o’zini qaynatib ham yeyman, yoki garnir sifatida ham pishiraman. Bu kartoshka tovuq, baliq va albatta go’sht bilan ham juda mazali bo’ladi. Menda muzlatgichda tovuq kotletalar bor edi,  kartoshkalar bilan juda mazali bo’ldi.  Davomi »

Like!
7

Zeytinyağlı sarma-Zaytun yog’li do’lma

Do’lma ko’pchilik davlatlarda tayyorlansa ham har bir davlat o’ziga hos usul va farqli masalliqlar bo’yicha tayyorlaydi. Turkiyada odatda go’shtli va zaytun yog’li do’lma tayyorlanadi. Turkiyaning sharqiy qismida ko’proq go’shtli, ya’ni qiymali do’lma tayyorlanib, bazi shaharlarda to’g'ralgan go’shtdan, hattoki suyakli go’shtdan ham tayyorlashadi. Albatta suyakli go’sht ovqatga o’zgacha ta’m beradi, lekin yeyayotganda extiyot bo’lish kerak:) Zaytun yog’li do’lmada go’sht ishlatilmaydi, oldin ham yozib o’tganimdak zaytun yog’li taomlar iliq yoki sovuq holda iste’mol qilinadi. O’zbekistonda do’lma odatda uzum bargi, karam bargi, bulg’or qalampiridan tayyorlansa, Turkiyada bundan tashqari pazı (рус. мангольд)bargi, kara lahana bargi (рус. Кале), baqlajon, kabachki, quritilgan bulg’or qalampiri va quritilgan baqlajondan ham tayyorlanadi. Bargdan tayyorlanadigan do’lmalarga “sarma” ya’ni “o’ralgan” , sabzavot ichi to’ldirilib tayyorlanadigan do’lmalarga esa “dolma” ya’ni “to’ldirilgan” deyiladi. Davomi »

Like!
4