belgilar ‘hamsi’

Hamsi tava-Qovurilgan anchous

Hamsi balig’i Turkiyaning Qoradengiz va Marmara dengizlarida ovlanib, Turkiyaning butun shaharlariga tarqatiladi. Turkiyada har bir shaharning o’ziga hos mashxur taomi bor, bu hamsi tava ham Qoradengiz regionining eng mashxur taomi hisoblanadi. Juda mazali va haqiqiy dengiz balig’i (hovuzda o’stirilmagan) bo’lishiga qaramay juda arzon sotiladi, shuning uchun qish oylarida har bir turk oilasida tez-tez pishirilib turiladi. Bu baliqni tayyorlashda e’tibor berilishi kerak bo’lgan narsa baliqlarni ichaklarini yaxshilab tozalash, yaxshi tozalamasangiz taxir maza keladi.Qiltanog’ini chiqarib pishirish yoki chiqarmasdan pishirish o’zingizga havola, man qiltanog’i bilan pishiraman va pishgandan keyin ham qiltanog’i bilan yeyman, juda mayda bo’lgani uchun oshqozonimga og’ir botmaydi. Uydagilarim qiltanog’ini chiqarib yeyishadi. Qiltanog’i bilan pishirib keyin chiqarish onsonroq, buni aytib qo’yay. Davomi »

Like!
1