belgilar ‘quyuq taomlar’

Duxovkada pishirilgan kurka

Bu retsept ozgina kech qoldi desam bo’ladi chunki yangi yilda tayyorlagan edim, vaqtim bo’lmay yoza olmagan edim. Aslida Turkiyada kurka juda kam tayyorlanadi, faqatgina yangi yil yaqinlashgan payt sotiladi, odatda yangi yilda kurka pishishi kerak degan qoida yo’q, ko’pchilik kurka katta bo’lgani uchun pishishi qiyin va go’shti qattiq deb ham pishirmaydi. Davomi »

Like!
12

Etli nohut yemeği-Go’shtli no’xat

No’xat va fasol yuqori kaloriyali va oqsilga boy bo’lgani uchun Turkiyada ko’proq qish oylarida tez-tez tayyorlanib turiladi. Men yashab turgan shaxar Izmirda qish unchalik sovuq kechmasa ham, 2-3 haftada bir men ham no’xatli va fasolli taomlar qilib turaman. Bu mahsulotlar uzoq vaqtda pishgani uchun tez pishiradigan qozon (ruschasi скороварка, turkchasi düdüklü tencere) juda qo’l keladi. Bunday qozoningiz bo’lmasa oddiy qozonda 2-3 soatda pishadi. Davomi »

Like!
3