belgilar ‘shaxsiy’

Yangi mehmon:)

Anchadan buyon blogda hech narsa yozmadim, sababi 3 Noyabrda oilamizga yangi a’zo qo’shildi:) Nihoyat, orziqib kutgan qizimiz Aylin bu dunyoga keldi. Dekretga chiqib ko’p vaqtim bo’ladi, blogimga ham vaqt ajrataman deb o’ylagandim, lekin hozircha 24 soatim qizimga ketyapti desam mubolag’a bo’lmasa kerak. Hozircha deb turay, chunki aprel oyigacha uyda bo’laman va yana ovqat qilib rasmga olishga vaqtim bo’ladi deb o’ylayman. Yaqin orada retsept yozmasam ham blogimni tekshirib turaman, savol va izohlaringiz bo’lsa bemalol yozavering.

Like!
4

Ochilish so’zi :)

Ancha vaqtdan beri retseptlarimni bir parcha qog’ozga yoki kompyuterda yozib saqlab qo’yardim. Yangi DSLR fotoapparat olganimdan beri turli hil mavzularda rasmga olish bilan birga pishirgan ovqatlarimni ham rasmga olishga qiziqa boshladim, bazi internet saytlarida rasm va retseptlarimni joylashtirdim, lekin ba’zan bir retsept kerak bo’lganda bir qancha sayt yoki daftar qidirish ko’p vaqt oladigan bo’ldi. Turkiyaga kelganimdan beri Turk do’stlarimga ham o’zbek taomlarini pishirib ularga o’zbek oshxonasini tanitishga harakat qildim. Albatta, eng ko’p so’raladigan savol, o’zbek oshxonasining eng mashxur taomi nima edi va shubxasiz siz ham o’zbek palovi degan bo’lardingiz, lekin o’zbek oshini 2 og’iz so’z bilan ta’riflash bu birinchidan-imkonsiz, ikkinchidan-bu taomga nisbatan hurmatsizlik bo’lar edi :)  Shu sabab ham o’zbek, ham turk oshxonasini tanitish maqsadida o’z blogimni ochishga qaror qildim. Bu blogda o’zbek, turk va dunyo oshxonasiga tegishli taomlar retseptlarini  o’zbek va turk tilida yozib boraman. Rasmga olishga qiziqqanim uchun turli mavzularda ijod namunalarimdan ham qo’yib borishim mumkin. Bu blogim bilan o’zbek tilidagi kulinariya saytlarining sonini oshishiga, o’zbek va turk oshxonasini tanitishga o’z xissamni qo’shaman deb umid qilaman. Oldindan aytib o’tmoqchimanki bir taomni pishirishni bir qancha usullari bor, yoki bir millatga oid deb bilgan taomimiz boshqa millatlarda ham uchrashi mumkin. Shu bois bu blogda yozgan retseptlarim ma’lum bir millat oshxonasiga tegishli deb yozilsa ham retseptlar men yashab turgan joyda yoki sayohat davomida ma’lum bir millat va madaniyatga tegishli insonlardan olinib men o’rgangan usulda, balki bazi o’zgartirishlar bilan pishirilishi mumkin. Iltimos, bu blogda madaniyat va millatlararo tortishuvlarga yo’l qo’ymaylik. Aksincha har birimiz bilgan, o’rgangan kulinariya bobidagi bilim va tajribalarimizni bu blogda bo’lishaylik.
Bu blogni ochishimda turtki bolgan va dastaklagan do’stim Munira va oyimga, tehnik dastakda o’z yordamini ayamagan Farida va uning do’stlariga o’z minnatdorchiligimni bildirib qolaman:)

Like!
6