belgilar ‘tort Praga’

Praga torti

Bu tortni ko’proq 70-80-yillarda yashaganlar yaxshiroq bilsa kerak, Sovet qandolatchiligining klassik tortlaridan biri Praga torti. Internetda bu tort haqida bunday yozishibdi: Praga torti Moskvadaki “Praga” restoraning qandolatchilik bo’limi boshlig’i Vladimir Mixaylovich Guralnik tomonidan o’ylab topilgan, hammamizga ma’lum “Ptichye moloko” va bir qancha 30dan oshiq tortlar ham mana shu kishi tomonidan yaratilgan.Qisqa vaqtda Praga torti ko’pchilikka yoqib ulguradi va bu tortni sotib olish uchun restoranda odamlar navbat kutib sotib olishadi. Bu tortning alohida yoqadigan tomoni quyultirilgan sut (sgushenoye moloko) ishlatilishi.Afsuski Turkiyada quyultirilgan sut yo’q. Sgushenkani juda ham yahshi ko’rganimdan har Toshkentga borganimda olib kelaman, yoki rus o’rtog’im uyiga borganda mendan so’rab o’tirmasdan olib keladi.Siz ham quyultirilgan sut va shokolad yaxshi ko’rsangiz, bu tort sizga yoqishi mumkin. Davomi »

Like!
44