belgilar ‘tovuq’

Tovuq qanotlari

Tovuq qanotlari tovuqni yog’li qismi bo’lgani uchun eng mazali joyi hisoblanadi. Harqanday usulda tayyorlasangiz ham o’zgacha lazzatli bo’ladi. Turkiyada ko’pincha tovuq qanotlarini piknikka chiqqanda, ochiq havoda ko’mirda pishirishadi, uyda bunday imkoniyat bo’lmagani uchun boshqa usullarda pishirishga to’g'ri keladi. Men tovuq qanotlarini va umuman tovuqni Osiyo  usulida (Hitoy, Korea, Tayland va hkz) pishirishni yoqtiraman. Osiyo usulida soya sousi va boshqa Osiyo souslari ishlatiladi, bunday souslar bilan tayyorlangan tovuq mayin va lazzatli chiqadi. Davomi »

Like!
8

Tovuqli noodle

Noodle yoki lag’mon uzoq sharq davlatlari, hususan Xitoy oshxonasida ko’p ishlatiladi. Taom nomini Noodle deb qisqa nomlab qo’yaqoldim chunki, bu taom o’z fantaziyamga ko’ra, uzoq sharq oshxonalaridan ilhomlanib qilingan. Bunday taomda turli xil sabzavotlar ishlatilib maxsus wok degan tovada, baland olovda, tez-tez aralashtirib turib, chala pishirib olinadi. Bunday usulda pishirilgan sabzavotlar dirkillab chiqadi va vitamini ham yo’qolib ketmaydi. Davomi »

Like!
11

Duxovkada tovuq va sabzavotlar

Odatda vaqtim kam bo’lganda duxovkada pishadigan ovqat qilaman. Hamma masalliqlarni tayyorlab, ziravorlar bilan aralashtirib duxovkaga qo’yaman, 30 daqiqa bemalol boshqa ishlarni qilsa bo’ladi.Shunday onson taomlardan biri tovuq bilan birga pishgan harhil sabzavotlar. Davomi »

Like!
0

Karrili tovuq

Karrili taomlar Xindiston, Pokiston, Bangladesh va bazi janubiy Osiyo davlatlarida keng tarqalgan bo’lib, karri yoki inglizchasi curry aslida birqancha ziravor aralashmasidan tayyorlanadi. Odatda bu aralashmada maydalangan kashnich, zira, murch va zarchava (eng. turmeric) bo’ladi va bu aralashma tayyor holda sotiladi. Karrida zarchava borligi sababli taomlar sariq rangda bo’lib chiqadi va birqancha ziravor bilan birga taomlarga o’zgacha lazzat beradi. Davomi »

Like!
3